У нас есть только
оригинальные песни

Ijtimoiy tarmoqlar - ommaviy vaboni yuzaga keltirmoqda

calendar 10.08.2013
10016
Ijtimoiy tarmoqlar - ommaviy vaboni yuzaga keltirmoqda 
Har jihatdan qulay va oson hayot sharoitiga intilish zamonaviy iste’molchining, jamiyatning o‘ziga xos muhim qadriyatiga aylanib, Odamlarning eng mayda ehtiyojlari va xohish-istaklarini qondirish yo‘lidagi topqirliklar shiddatli poyga tusini olmoqda buning oxiri ko‘rinmaydi. Ana shunday tezkor sharoit axborot sohasiga taalluqli ekani barchaga ma’lum.


Bugungi kunda internetdagi ijtimoiy tarmoqlar ayniqsa yoshlar orasida ommalashib bormoqda.Internetdan foydalnuvchilarning aksariyati "Odnoklassniki.ru", "Feysbuk", "V.kontakte", "Moymir" "Instagram" "Twitter"kabi tarmoqlarda o‘z profillariga ega. Biroq keyingi yillarda mazkur tarmoqlarning yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan jihatlari ham ko‘zga tashlanayotgani ko‘pchilikni tashvishga solmoqda. Dunyoda axbarot texnologiyalari rivojlanib, Internet tarqmoqlari insonning ajralmas qismiga aylanib qoldi. Ijtimoiy tarmoqlar shiddat bilan rivojlanib, tobora ko;pchilikni o'ziga jalb qilmoqda.  Kimga internetda o‘z rasmlarini qo‘yish, olis masofadagi do‘stlar va qarindoshlar bilan gaplashish, o‘yinlar o‘ynash, musiqa tinglash va so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish, statuslarni tinmay o‘zgartirish yoqmaydi deysiz? 

Hozirgi kunda kollej yoki litsey talabalarini qo‘ya turaylik, hatto maktab o‘quvchilarining ham ko‘pchiligida uyali telefon va kompyuter borligi sir emas. Bu bir qarashda ajablanarli tuyulmaydi. Negaki, uyali telefon va internetning inson hayotida foydali tomonlari juda bisyor. Internet yordamida zarur ma’lumotni olamiz, qo‘l telefonida qayerdaligimizni uydagilarga bildiramiz, zarur yumushlarni u orqali hal qilmiz. Tabiiyki, ular shiddatli taraqqiyot mahsuli. Ammo vaqt o‘tgani sari uning salbiy ta’siri ham tobora ko‘proq ko‘zga tashlanmoqda.  O‘quvchi o‘z nomi bilan o‘quvchi. Uning vazifasi—yaxshi ilm, tarbiya olish, burchi—o‘z ota-onasi, ustozlari ishonchini oqlashdan iborat. Shunday ekan, ertangi kunimiz egalari bugun nima bilan band degan haqli savol katta avlodni har lahza o‘ylantirishi shart. 

Atrofingizga qarang: odamlar oqimida o‘zini, dunyoni unutgan, qo‘llarida "sotka", quloqlarida "naushnik", ko‘zlari mitti monitorga qadalgan yoshlarga albatta ko‘zingiz tushadi. Ming afsuski, onda-sonda nazarga tashlanadigan bunday yoshlar soni tobora ko‘payib bormoqda.


"Bolamning hech kimdan kam joyi yo‘q, ana, xohlasang kompyuter o‘yna, kerak bo‘lsa qimmat va zamonaviy, ohirgi model  telefon olib beraman", " Uyda kompyuter o'ynab, tinch o'tirsang bo'ldi" deya o‘g‘il-qizlarining ko‘ngliga qarab, "bizning davrimizda o‘ynab-kulsin", qabilida yo‘l tutib taltaytirib,  axloq-odobi, qanday o‘qiyotgani bilan qiziqmayotgan ota-onalar ham ko‘p. Aslida hamma ayb o‘shalarda! Bolalarning hammasi ham bunday imkoniyat, shart-sharoitdan to‘g‘ri foydalanmay yuqoridagi taxlit "tomosha"lar ko‘rayotgani achinalarlidir.

 Internetning zo‘r berib rivojlanishi bilan odamzod borgan sari me’yorni unutib, uning girdobiga bexosdan tortilmoqda. Axir biz bir muhim narsani esdan chiqarmasligimiz darkor: real hayot boshqa, virtual hayot boshqa. Biz kundalik hayotda odamlar bilan jonli muloqotda bo‘lamiz, jonli fikr almashinamiz va o‘zimizga kerakli bo‘lgan xulosalarni chiqaramiz. Virtual hayot esa insonni tamomila dunyoqarashi va ongini o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Ijtimoiy Tarmoqlar orqali tanishish ham tobora keng tus olmoqda. Oila qurishni internetda hangoma qilishdan boshlagan yoshlarning hayoti keyinchalik bekami ko‘st bo‘larmikin? Mening nazarimda telefonda, internet orqali sevishganlar bir-biriga osongina erishadilar va muhabbatlaridan osongina voz ham kecha oladilar.Endi o‘zingiz o‘ylang, yigit bilan qizning tanishuviga oddiy temir telefon "sovchilik" qilsa, ularning oilasi mustahkam bo‘larmikin? Albatta, bunday munosabatlarni ham butunlay qoralab bo‘lmaydi. Shu yo‘l bilan tanishib, bir-birini sinagan, yaxshi bilgan va tinch-totuv yashayotgan, oilasi mustahkamligiga erishgan yoshlar ham hayotda uchrashi mumkin. Lekin har doim ham bunday bo'lavermaydi. 

Bundan tashqari ijtimoiy tarmoqlari tufayli necha-necha oilalar buzilishiga, ko'pchilikning yostig'i qurishiga, tinchligi buzilishiga sabab bo'libgina qolmay,  hattoki boshqa boshqa ismlar ostida aka - singillar internetda tanishib, gaplashib, bir birlariga aytmagan gaplariyu qilmagan ishorlari qolmayapti. Bundan tashqari ijtimoiy tarmoqlardagi yozilayotgan ma'lumotlarni ko'rib hayratlanasan kishi. Jumladan: Ikki dugona janjalashishi oqibatida, bir birini rasmlarini, telefon raqamlarini hattoki manziligacha tarqatish bilan ovora bo'lsa, ikkinchisi o'zining qing'ir ishlari yo'lida 30- 40 yoshli kishilar 18- 20 yosh qilib ko'rsatib ko'ngil xushlik qilishmoqada. Ijtimoiy tarmoqlarda oddiy do'stlashish bilan boshlangan munosabatning oxiri ayanchli tugashidan toki Qizlarning o'zbekchiligimizga tog'ri kelmaydigan fotosuratlarini tarmoqlarga joylashtirib bolalarni shahvatini qo'zgashiyu, urush-janjallar oqibatida "Razbor" qilish uchun ko'rishib bir-birini pichoqlashgacha borishmoqda. Foydali yumush bilan shugullanish yoki internetning foydali jihatlaridan to'g'ri foydalanmasdan turli xil videolar fotosuratlar tarqatilib, yoshlar ongiga sing­dirilayotgan jaholat, yovuzlik va ma’naviy buzuqlikdan tashvishini ko'pchilik faqatgina boshi berk ko'chaga kirib qolgandan keyingina o'ylashmoqda.  Bu to‘g‘rida televideniye va matbuotda bejizga bong urilayotgani yo‘q deb o'ylayman. Afsuski, insonlarni bu vabodan qutqarishni yoki bu kasallikka chalinishni oldini olishni choralari qolmayapti. 

Ijtimoiy tarmoqlarga sizning munosabatingiz va fikringiz qanaqa? Fikr va mulohazalaringizni izoh sifatida yozib qoldiring.


Яндекс.Метрика