У нас есть только
оригинальные песни

Ikki o‘g‘li bilan bedarak yo‘qolgan britaniyalik aktrisa Shan Bleykning uyidan uch kishining jasadi topildi

calendar 06.01.2016
1617

5-yanvar, seshanba kuni “Ist-End fuqarolari” teleserialidagi ishtiroki orqali tanilgan britaniyalik 43 yoshli aktrisa Shan Bleykning uyidagi bog‘dan uch kishining jasadi topildi. Aktrisa o‘tgan yilning 13-dekabr kuni ikki o‘g‘li — 8 yoshli Zaxariy va 4 yoshli Amon bilan birgalikda daraksiz yo‘qolgandi, deya xabar beradi “Vesti”.

 

“Londonning Irit tumanidagi Bleyklarga tegishli uyda o‘tkazilgan tintuv chog‘ida bog‘ hududidan uchta jasad topilganini afsus bilan ma’lum qilamiz. Jasadlar shaxsini aniqlash hozircha amalga oshirilmagan bo‘lsa-da, ish joyidan siljiganini qayd etish mumkin. Shanning oilasi ham xabardor qilingan”, — deya ta’kidlagan Skotlend-Yard vakillari.

Bleyk va uning o‘g‘illari yo‘qolganidan so‘ng uch kun o‘tib politsiya aktrisaning jazmani va bolalarning otasi bo‘lmish Artur Simpson-Kentni so‘roq qilgan, biroq tergovchilar bilan muloqotdan so‘ng u g‘oyib bo‘lgandi. Shundan so‘ng politsiya qotillik bo‘yicha ish qo‘zg‘adi.

Яндекс.Метрика