У нас есть только
оригинальные песни

Ilmiy ishlanmalarni qo'llab-quvvatlash uchun 100 million dollar ajratiladi

calendar 20.07.2018
681

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yadro fizikasi institutida Fanlar akademiyasi va ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan muloqot qildi. 

«Mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirishga katta e`tibor qaratilayotgani, keyingi bir yilda prezidentning sohaga doir 11 farmon va qarori qabul qilingani qayd etildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida

Lekin fan bilan ishlab chiqarish o'rtasidagi integratsiya past darajada qolayotgani, ilmiy izlanishlar yetarlicha qo'llab-quvvatlanmayotgani tanqid qilingan.

«Har bir ilmiy ishga mahsulot sifatida qaralishi, uning xaridori oldindan aniq bo'lishi kerak», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari ilmiy ishlanmalarning amaliyotga tatbiq etilishini qo'llab-quvvatlash uchun 100 million dollar grant ajratilishi, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlarining oylik maoshlari bir necha barobar oshirilishini ma`lum qildi.

Uchrashuvda bu boradagi ishlarni amalga oshirish, kadrlar tayyorlash, ilmiy ishlanmalar yaratish va sohaga tatbiq etish masalalari to'g'risida fikr almashildi.

Bundan avvalroq «O'zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoni qabul qilingani, Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energetikasini rivojlantirish agentligi tashkil etilgani haqida xabar berilgandi.

Яндекс.Метрика