Ilmning bahosi raqsdan pastmi?

Farg‘onalik matematika o‘qituvchisi Isroil Tillaboyev o‘zining «Feysbuk»dagi sahifasida bir loyiha yakuni bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirgan. Ishonamizki, bu fikrlar siz uchun ham qiziqarli.

O‘zni dono bilgan uch-to‘rtta nodon
Eshak tabiatin qilur namoyon.
Ular qatorida sen ham eshak bo‘l,
Bo‘lmasa kofir deb qilurlar e’lon.

Aytgim kelmagandi, bo‘lmadi. «Indigo» finali tugadi. (Kanal nomini aytmayman, so‘ramang). Navoiylik «kalkulyator bola» finalda chiqdi. 2 va 3 xonali sonni 5 xonalisiga bemalol ko‘paytirdi, 5-6 xonali sonlarni 2-3 xonali songa xotirada bo‘lyapti! Ginness rekordi ham xuddi shu natija ekan, ko‘z o‘ngimizda u rekordni yangiladi (norasmiy, albatta). Men matematikman, shu bolaga kursga qatnasam ham bunday xotiraga ega bo‘lib, bu ishni bajarolmasam kerak. Har holda tug‘ma qobiliyat ustunligini sezdim va o‘rnimdan turib qarsak chaldim! Hakamlar bilan tanishtiray (asosiysi) — Sardor Rahimxon, Halimaxon va yana bir «Nihol» olgan nihol...

Hakamlar u bola og‘zaki hisoblaganni kalkulyatorda hisoblab zo‘rg‘a ulgurishdi, 7-8 xonali sonni o‘qib berisholmay donalab aytishmoqda, javobni bitta-bitta raqamlab tekshirishmoqda. Ancha savollar berib bo‘lishgach, yigitcha qizishib ketdi, 9 xonali sonni 1 xonaliga ko‘paytiraman, aytinglar, dedi. Kamiga qo‘shimcha qildi, «lekin buni kalkulyatorda ishlab bo‘lmaydi», dedi. Endi hakamlar oldida «g‘oyat mushkul» vazifa turgandi, qo‘llariga qog‘oz va ruchka olib, millionlar sinfi qarshisida ko‘paytirishni, ko‘paytirish bo‘lganda ham 4-sinf darajasidagi misolni yechishdek g‘oyat «murakkab» vazifa turgandi. Ishtirokchi-ku, 4-5 soniyada xotirada topadi, lekin bizning dono hakamlarimiz atigi 5 daqiqagina oldin matematikani zarrachayam bilmasliklarini tan olib bo‘lishgan edi.

Tabiiyki, ular qog‘ozda bajara olmasliklarini bilgach, «yo‘q, ishondik, tan berdik», deyishdi. Tan berdi, 1-o‘rin naqd, dedi men kabi millionlab muxlislar televizor ortida. Tanlov yakunida, bilasizmi, bu bolaga shu «akademik»larimiz nechanchi o‘rinni berishdi?

Hushyor turing, tam-taram-tararam: hech qanday o‘rin!!!

1-o‘rinni lezginka muzikasiga o‘ynagan boshqa bir bolaga berishdi... Yo‘q, kalkulyatorsiz hisoblay oladigan, o‘zlari aytgandek, Ginnesning rekordini yangilab qo‘ygan bola bular nazdida qobiliyatli hisoblanmas ekan, chunki uning zehni beqiyos o‘tkir bo‘lsa-da, bitta aybi — raqsga yaxshi o‘ynolmaydi...

Karaxt bo‘ldim, balki men iste’dod, qobiliyat deganlarning o‘lchovini noto‘g‘ri tushunarmikanman. Xo‘p, men kabilar noto‘g‘ri tushunsak, nega hakam va tashkilotchilarning o‘zlari izoh berib tushuntirmadi?! «Hoy, xalq, INDIGO deb mana bunday ilm-fanni o‘rgangan va yoki tug‘ma hisobdonlik qobiliyati bilan tug‘ilganlarga aytilmaydi, INDIGOman degan yoshga birinchi talab jahon musiqalariga qoyillatib raqsga tushish”, deyishmaydimi? INDIGO so‘zining ma’nosini gugldan so‘radim: «...дети индиго обладают высоким интеллектом, необычайной чувствителностью. И телепатическими способностями», degan ta’rifni topdim.

O‘ylab o‘yimga yetolmadim, bu yerda ayb kimda? Aslida bunday katta auditoriyani qamrab olgan tanlovni baholash uchun bu sohada biror ilmi yo‘q ashulachilarni hakamlikka tayinlab qo‘ygan telekanaldami yoki matematikani bilmasligini o‘zi tan olib turib, bu sohada Ginness rekordini yangilab qo‘ygan 12-14 yosh norasida qatnashchini bir chetga otib, raqsga tushgan bolani iqtidor deb o‘rinni berib yuborgan «hakam»lardami?

Yo‘q, menimcha, ayb o‘sha ishtirokchi «kalkulyator bola»da: balo bormi, shularga ilmingni xor qilib, fanni tushunmagan odamlarga uqtirishga harakat qilib. Ular sen qilgan ishni kalkulyatorda bajara oladi-ku, sening jajji miyangda milliardlab funksiyalar o‘tib ketayotganligini ular tasavvur qilarmidi? Tuzsiz ko‘rsatuviga chiqib past ketgandan ko‘ra bira to‘la Ginnesga harakat qilganingda bo‘lmasmidi-ya bolagina?!

Afsus, ming afsus.

Hurmatli telekanal xodimlari, sizlar O‘zbekistonni rivojlantirishga o‘z hissangizni qachon qo‘shasiz, o‘zbek xalqini ilm-ma’rifatli qilishga o‘z ulushini qo‘shadigan tanlovlarni o‘tkazib, zehni o‘tkir, bilimli yoshlarni oldi-qochdi qo‘shiqchi, raqqoslar oldida o‘ksitishni qachon bas qilasiz. Qachon telekanallaringizdagi artistlaru otarchilardan vaqt orttirib, olimlar, ziyolilar, ma’rifatparvarlarga ham telekanal orqali o‘z ibratli purma’no so‘zlarini aytishga imkon berasizlar? Prezident yuritayotgan siyosatda aql-zakovatli, vatanparvar kadrlarga ehtiyoj tug‘ilayotgan vaqtda yoshlar ongini sayozlashtiruvchi, ilmli bola qolib yengil-yelpi sohalarni tanlagan yoshlarni taqdirlayversangiz, olimning qadrini bir pul qilishga hissa qo‘shasiz-ku? Yoki shunga ham Prezident aralashib, «yetar», deyishi shartmi sizlarga? Rostdan ham o‘rtoqlar, yetar-a?

Muallifning fikrlari bilan bo‘lishgan jurnalist Sharofiddin To‘laganovga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz.


Комментарии (0) | Добавить: 06.01.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

La Liga. "Real" safarda qiyin g'alabaga erishdi
Dunyodagi eng ulkan oltin koni
Chilim va elektron sigaretlarni qonun yo'li bilan taqiqlash vaqti yetmadimikan?
«Kerak bo'lsa stolbani ham olib borib qamardi». Prezident yana MXXning kirdikorlari haqida gapirdi
Messi yana bir ko'rsatkich bo'yicha «Real» futbolchisi rekordini yangiladi
Tramp «ruslar bilan band bo'lgan» FQBni jiddiy aybladi
Kim Chen Inning rafiqasi haqidagi ma’lumotlar
Япониялик аёл фарзандини видео ўйинлардан ҳимоя қилиш йўлини ўйлаб топди
“Ичкарида”ги Селал — Четин Текиндор
Umid Ahmadjonov: “Futbolchi o'z ustida ishlashi shart, aks holda unga litsenziya berilmaydi”
Moskvada 2021-yilgacha 50 ta yangi metro bekati ochiladi
“O‘zbekneftegaz” va Jizzakh Petroleum Ai-95 narxini o‘zgartirdi
O‘zbekistonda 8000 dan ziyod giyohvand bemor ro‘yxatda turadi
AQShda boshpanasizlar sovuqda qanday jon saqlaydilar?
Adliya organlarining moddiy-texnika bazasi yanada mustahkamlanadi
1 martdan boshlang'ich sinflarni 5 kunlik o'qishga o'tkazish rejalashtirilmoqda
Davron Kabulov "Million"ning yangi a'zosini tanishtirdi
“Sevgi iztirobi” efirdan olib tashlandi
Shavkat Mirziyoev Kogondagi harbiy qismda sharoitlarni ko'zdan kechirdi
«Chimyon» hududida ko'chki xavfi e`lon qilindi
Roman Abramovich Telegram'ga 300 mln dollar sarmoya kiritdi
Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi Yoshlar markaziga bordi
MIB plastik kartochkadan pul yechib olishi uchun sud qarori kerakmi?
«Mafiya davlati» - Saakashvili
Rossiyada «YouTube»ning ishlamasligiga birgina belgi sababchi bo‘lmoqda
Shavkat Mirziyoyev: Buxoroda 90 ming ish o‘rni yaratiladi
Coca-Cola’ning daromadi 5 marta tushib ketdi
Buxoroda baliqchilikni rivojlantirishga 100 milliard so‘m ajratiladi
MIBga qarzdorlarning plastik kartochkasidan pul yechib olish huquqi berildi
Avtomobillar oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlaganlik uchun notarial to‘lov arzonlashdi