У нас есть только
оригинальные песни

Iltifotsevarlar uchun tavsiya: voz kechish kerak bo‘lgan 9 xil maqtov

calendar 13.01.2018
1025

Siz hamkasbingizning yangi olgan ko‘ylagi chiroyli ekanini aytdingiz. Biroq iltifotingiz ijobiy qabul qilinmadi. Uning o‘rniga hamkasbingiz sizdan xafa bo‘ldi. Yoki uning yutuqlarini e’tirof etdingiz, ammo buning o‘rniga rahmat emas, aksincha, qo‘pol gap eshitdingiz. Xo‘sh, atrofdagilar sizdan ranjimasliklari, kayfiyatingiz ham buzilmasligi uchun qanday iltifotlardan voz kechish kerak?

1. Ko‘rinishing yaxshi, ajrashish senga yaxshi ta’sir qilibdi

Aslida bu iltifot emas. Aksincha siz insonni yana bir bor yomon xotiralarni eslashiga majbur qilyapsiz. Hatto, ajrashish u uchun foydaga xizmat qilgan taqdirda ham, bu o‘sha insonni ranjitishi mumkin.

Nima deyish kerak: ko‘rinishing zo‘r, ko‘zing quvonchdan charaqlamoqda.

2. Yoshingizga qaraganda ancha yosh ko‘rinasiz yoki bu yoshda men ham shunday ko‘rinishni istardim

Hatto ayolning yoshi 50 da bo‘lsayu, u bundan 10 yosh kichik ko‘rinsa-da, u ayol o‘zining haqiqiy yoshini ta’kidlashlarini istamasligi aniq. Bu jumla orqali esa siz aynan shuni eslatgan bo‘lasiz.

Nima deyish kerak: shunchaki, «Ko‘rinishingiz a’lo» deyishning o‘zi kifoya.

3. Ko‘ylagingiz chiroyli ekan, u sizni ixcham ko‘rsatibdi

Sizning bu iltifotingiz, o‘sha insonga «sen to‘lachadan kelgansan, buni hamma biladi. Bu ko‘ylak esa seni ixcham ko‘rsatibdi», deyish bilan barobar.

Nima deyish kerak: ajoyib qomat, ko‘ylagingiz ham juda chiroyli turibdi.

4. Sen hayotda rasmdagidan-da chiroylisan

Hozirda ko‘pchilik selfilarga tushib, uni ijtimoiy tarmoqlarga joylaydi. Sizning iltifotingiz esa go‘yoki «qo‘lingdan o‘zingni boricha ko‘rsatish kelmaydi», degan ma’noni beradi.

Nima deyish kerak: fotosuratlaring barcha go‘zalligingni to‘liq ochib berolmagan.

5. Siz bugungi kechadagi eng go‘zal ayolsiz

Aslida bu gapni siz o‘sha ayolga yuzma-yuz aytayotgan bo‘lsangiz, yomon tarafi yo‘q. Biroq boshqa ayollar oldida aytayotgan bo‘lsangiz...

Nima deyish kerak: bizning ayollar bugungi kechani bezamoqda.

8. Soch turmagingiz avvalgisidan ancha yaxshi chiqibdi

Bu jumlangiz «Yaxshi hamki, soch turmagingni almashtiribsan. Avvalgisi juda yomon edi», degan fikrni beradi.

Nima deyish kerak: soch turmaging ajoyib chiqibdi.

9. Ko‘zlaring juda chiroyli

Ochig‘ini aytganda, bu unchalik yaxshi jumla emas. Insonlar nima haqda gapirishni bilmay qolganlarida, ob-havo haqida gaplashishadi. Bu ham xuddi shunday. Nimani maqtashni bilmay qolasiz-u, ko‘zlarni maqtab qo‘yaqolasiz.

Nima deyish kerak: nigohlaring yoki ko‘zlaringning rangi boshqacha.

Яндекс.Метрика