«Imperator» 40 yoshda. Tottining futboldagi hayoti haqida 10ta fakt

Bugun italiyalik hujumchi Franchesko Totti 40 yoshni qarshiladi.

Futbolchilik faoliyatini to'laligicha «Roma»ga bag'ishlagan Totti 1993 yili debyut qilganida 16 yoshda edi.

Shu vaqtgacha u klub uchun jami 763 uchrashuvda maydonga tushgan va 306ta gol urgan. Uning hisobida Italiya chempionatida urilgan 250ta gol mavjud – Totti turnir tarihidagi ikkinchi bombardir hisoblanadi, uning natijalari faqatgina Sil'vio Piolenikidan pastroq.

2001 yili Totti «Roma» bilan Italiya chempionligiga erishgan. U jamoa bilan 2 marta mamlakat kubogida, yana 2 marta Italiya Superkubogida g'olib chiqqan.

Franchesko Totti Italiya terma jamoasi bilan 2006 yili jahon chempioni bo'lgan.

Bugungi kunda bir jamoaga sadoqati bilan barchaga o'rnak bo'la oladigan Tottiga oid 10ta fakt quyida keltirib o'tiladi.

1. Rim papasi bilan uchrashuv

Franchesko o'rtahol oilada tug'ilgan va eng oddiy maktablardan birida tahsil olgan. Lekin uning omadi kelgan, maktab o'quvchilari Rim papasi Ioann Pavel II qabuliga boradigan bo'lgan. Bolalardan aksari maktabdan ketganida Totti o'qiydigan sinf qabulga olib borilgan va pontifik «Roma»ning bo'lg'usi sardori peshonasidan o'pgan. Bu marosim bolada katta taassurot qoldirgan va keyinchalik futbolchi Ioann Pavel II e`tibori unga taqdir alomati o'laroq ko'ringani haqida aytib o'tgan.

2. «Roma»da 21 yoshdayoq sardorlik

 

Rimliklar jamoasini Zdenek Zeman boshqargan davrlar, 21 yoshli Franchesko esa 5 yil davomida jamoada bo'lib o'sishga erishgandi. U Karlo Matstsone (Roberto Badjo va Andrea Pirloning sevimli murabbiyi) tarbiyasini ko'rgan, Zemanning 4-3-3 shemasida chap qanot hujumida o'zini erkin sezadigan futbolchi eli. Totti 1998 yilda murabbiydan sardorlik bog'ichini oladi, avvaliga bu qaror vaqtincha edi, keyin esa bu butunlayiga bo'ldi. Futbolchi bunga munosib javob qaytardi: A Seriyaning 1998/99 yilgi mavsumida eng yahshi futbolchi bo'ldi.

3. Jarohat - oyoqdagi po'lat plastina

 

2006 yilning fevralida «Roma» sardori boldir suyagini sindirib oldi. Suyaklarning to'g'ri rivojlanishi uchun shifokorlar uning oyog'iga po'lat plastina o'rnatishdi. 30 yoshda bo'lgan Totti bu jarohat tufayli faoliyatini yakunlanishi ham mumkin edi, ammo u 4 oydan keyin yana o'ynay boshladi. Ma`lum vaqt o'tganidan keyin plastinani olib tashlash mumkin bo'ldi va shifokorlar operatsiya o'tkazishga tayyorlanishdi, ammo bu uchun yana vaqt talab etilar, Totti esa futboldan ayrilishni istamar edi. Natijada, Totti … rad qildi va oyog'idagi po'lat parcha bilan bir umr yashashga rozi bo'ldi. «U menga halaqit bermayapti, men shunday davom etaveraman», — degan u.

4. Panenka

Yevropa— 2000 turniri. Niderlandiya bilan o'yin. Bu o'yinni Hollivud klassikalariga qiyoslash mumkin. Drama. Barcha o'yindan keyingi penal'tilar seriyasiga tayyorlanayotganida Patrik Klyuyvertning asablari dosh bermadi va to'pni qo'li bilan o'ynadi. Edvin van der Sarni tribunadagilar qo'llab-quvvatlab, raqibga bosim o'tkazmoqchi bo'lishdi. Nuqtaga esa Totti yaqinlashdi… 

5. Ilari Blazi

 

Totti Ilariga uylanganiga 15 yil bo'ldi. Totti golini nishonlayotganida bosh barmog'ini og'ziga solsa, bu golini rafiqasiga, shu alfozda uhlaydigan Ilariga bag'ishlagan bo'ladi.

Bu juftlikning 3 farzandi bor, uchinchi qiz Izabel' endi 1,5 yoshda. Ularning munosabatlariga Ilari bolaligidan Rimning boshqa bir jamoasi bo'lmish «Latsio» muhlisi ekani ham halal bermaydi. Ushbu juftlikning nikoh marosimi Sky Italia telekanalida transyalyatsiya qilingan va uni bir yarim milliondan ortiq kishi kuzatib borgan.

6. A Seriyadagi 250ta gol

Totti A Seriya bombardirlari qatorida ikkinchi o'rinda. Oyog'idagi po'lat bo'lagi bilan o'ynagan yilida, 31 yoshida mavsumda 26ta gol urib, eng yahshi to'purar bo'lgandi. O'tgan yakshanba kunida esa u Italiya chempionatidagi 250-golini urdi.

7. Orden

 

Franchesko "Respublika oldidagi hizmatlari" kavaler ordeni bilan 2000 yildayoq, Yevropa chempionatida Niderlandiya darvozasiga "panenka" uslubida urgan goli tufayli taqdirlangandi. 1 yil o'tib u skudettoni qo'lga kiritdi. Lekin bu hali boshlanishi edi. 30 yoshida u Jahon chempionatiga yo'l oldi va uyga oltin medal' bilan qaytdi. Keyin u "Respublikada hizmat ko'rsatgan ofitser" bo'ldi.

8. Selfi

 

Golni nishonlab, FIFA-16 fishkalaridan biriga aylanish mumkinmi? Bu oson! Franchesko Totti «Latsio»ga qarshi o'yinlarda urgan gollarini odatda boshqacha nishonlar edi, uning ichki maykasida «Men yana sizlarni azobga qo'ydim» yozuvi tushirilgan bo'lardi. U o'tgan mavsumda urgan navbatdagi golini maydon chetida selfi olish bilan nishonladi. Arbitr esankirab qoldi, muhlislar aqldan ozay dedi, «Instagram»ga qo'yilgan surat esa 50 mingdan ortiq layk yig'di…

9. No Totti no party

Totti "Olimpiyskiy" stadionini 25 yildan buyon hayratlarga solib kelmoqda. Uning davrida jamoada 5 marta prezident o'zgardi, 18 murabbiy kelib ketdi. U esa «Roma» ramzi bo'lib qoldi. Bu ayon. Shaharning yarmi uchun u nafaqat klub ramzi, balki Rimning ham. Shahar uchun Totti muhimmi yoki papa Frantsisk savoliga Franchesko quyidagicha hazil bilan javob qaytargan: «Men ancha vaqtdan beri shu Yerdaman, u esa hali yangi».

Ha, Tottisiz «bo'rilar»ni tasavvur qilish qiyin, yoki tasavvur qilib bo'lmaydi.

10. Tottida hammasi joyida

 

Boshqa bir yulduz, masalan Romario faoliyati yakuniga qadar gollarini 1000taga Yetkazib olish payida bo'lgan va aqldan tashqari harakatlarni boshlagan. Uning «Vasko da Gama»dagi sheriklari uning uchun o'ynashi kerak bo'lib qolgan. Vaziyat rahbariyatdan mashg'ulotlarni o'rtoqlik uchrashuvlari bilan almashtirishgacha borgan! Romarioning natijasi yahshilanishi uchun jamoaning natijalariginamas, hatto mashg'ulotlar qurbon qilingan.

Totti bilan esa bundaymas. U jamoa o'yiniga ta`sir ko'rsatadi. O'tgan mavsum ohirida u shunday temp oldiki, u bo'lmagan o'yinlarda jamoa yutqazar, jamoa yutqazayotgan o'yinda u maydonga tashlansa, o'yin qutqarilar edi.

Yangi mavsumdagi 5 turda Totti 2ta gol urdi va 2 marta samarali uzatma muallifi bo'ldi. Jamoa bosh direktori uni Piter Pen deb atadi va «Roma» sardori keksaymasligini e`tirof etib o'tdi. Sardor 40 yoshida ham o'ynashdan to'htamayapti va jamoani olg'a Yetaklamoqda. Unda hali barchasi joyida.


Комментарии (0) | Добавить: 27.09.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Yulduz Rajabova Instagram’da qo‘pol izoh qoldiradigan yigitlardan nolidi
«Barselona» «Yuventus»ni mag'lub etdi, Neymar ikkita gol urdi
Chiroyli avtoraqamlarning taxminiy narxi ma`lum, lekin bu yakuniy baho emas
Интернет нега тез арзонлашмаяпти - “Ўзбектелеком” изоҳи
Putin qay tariqa prezident bo‘lganini so‘zlab berdi
Тиш пасталарини танлашда рекламаларга ишониш керакми?
Avtomobilda uzoq yo‘lga otlanganlar uchun qiziqarli o‘yinlar
Jastin Biber Xitoyda konsert berishiga taqiq qo‘yildi
Putin: Ukraina korrupsiya domiga g'arq bo'lmoqda
Ertalab uyqudan turish nega biroz mushkul?
Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi ikki tuman hokimini va yana bir qancha amaldorlarni ishdan oldi
Prezident virtual qabulxonasiga yo'llangan murojaatlar soni 1 millionga yetdi
«O'zbekiston 24» telekanali 24 iyul kuni ish boshlaydi
Fidjet spinnerlar haqida barcha haqiqatlar
Maktabga ryukzakni qanday tanlash kerak? Ota-onalarga maslahatlar
Qanday oziq-ovqatlar uyquga salbiy ta’sir ko‘rsatadi?
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi ot zavodiga bordi
O'zbekistonda shakar narxi oshdi
Moskvada o‘tkinchi ayol Putinni o‘pib oldi
Dilnoza Kubayeva: “O‘zbek kinosi juda qaltis vaziyatga tushib qolyapti”
G'ayriqonuniy hukm yoxud sud ustidan kimga shikoyat qilish kerak?
“Davlat xizmati to'g'risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi, meritokratiya tushunchasi joriy etiladi
Biz nega kechikamiz va bu odatdan qanday qutulish mumkin?
Neymar «PSJ»ga o'tishga juda yaqin turibdi, uning otasiga 40 mln yevro taklif qilishdi
Xorazmda Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligi nishonlanmoqda
Styuardessalar yo‘lovchilarning eng asabga tegadigan qiliqlari haqida hikoya qilib berdi
O'zbekistonda qurol olib yurishga ruxsat berilishi mumkin
Iste’molchilar qachon elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yiladi?
Aqlli odamlar hech qachon yo‘l qo‘ymaydigan 5 narsa
Ovqatga to‘ymayotganligingizning 4 belgisi