loading...

 

Indiana shtatida 12 yoshli qiz o'gay onasini tasavvuridagi masxaraboz buyrug'i bilan o'ldirganini aytdi

AQShdagi Indiana shtatida o'gay onasini o'ldirib qo'ygan 12 yoshli qiz bu jinoyatni tasavvuridagi masxaraboz buyrug'i bilan amalga oshirganini aytdi. Bu haqda WSBT22 telekanali ma'lum qildi.

Bu jinoyat Elkxart okrugining poytaxti hisoblangan Goshen shahrida iyul oyida sodir etildi. Nomi keltirilmagan qiz o'zining o'gay onasi Mariya Torresga pichoq urgan. Ayol olingan jarohatdan voqea joyida halok bo'lgan.

Maktab o'quvchisi bo'lgan qiz so'roq davomida uni o'gay onasini o'ldirishga g'ayrioddiy voqealarga bag'ishlangan Creepypasta saytidagi o'ylab topilgan personaj – Laughing Jack masxarabozi undaganini aytgan.

18 noyabrda oshkor etilgan sud hujjatlari qizda ruhiy kasallik – shaxsning ikkilanishi (shizofreniya) kasalligi borligini ko'rsatdi. Qizda ushbu kasallikning borligini uch shikofor qayd qildi, ulardan ikkisi qizda jarohatdan keyingi stress holatini ham aniqlashdi. Tergov davomida yana shu narsa aniqlandiki, qiz qotillikni amalga oshirishdan bir necha oy avval otasidan yonga yordam berishni yolvorib so'ragan.

Ruhshunoslar yosh jinoyatchini jazolab bo'lmasligini aytib, uni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga davolashga yuborishni tavsiya qilishmoqda. Biroq 16 ta shifoxona qizni qabul qilishdan bosh tortgan. Hozirda qiz Goshendagi balog'atga etmaganlar tergov izolyatorida saqlanmoqda.


Комментарии (2) | Добавить: 22.11.2015

Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Afsonaning qaytishi - Nokia 3310
Kompyuter yoqilayotganidagi 0xc000000f xatolikni tuzatamiz
Shakardan voz kechish organizmga qanday ta’sir qiladi?
Xiaomi selfisevarlar uchun yangi uskunasini taqdim etdi
Barcha davrlarning 8 ta eng ommabop mobil telefonlari
Gollivud yulduzlari “Oskar” mukofotini topshirish marosimini repetitsiya qildi
O'zbekiston va Xitoy o'rtasida temir yo'l orqali yuk tashish yo'lga qo'yildi
"EZOZ" guruhidan yangi tarona "Yomg'ir yog'ar"
Erta turish uchun 10 sabab va buni amalga oshirishning yo'llari
Dubayda dunyodagi birinchi aylanuvchi osmono‘par bino quriladi
Olimlar to'yib uxlamaslik semirishga olib kelishini aniqlashdi
Barak Obama Fransiya prezidentligiga nomzod qilib ko`rsatilmoqda
Shavkat Mirziyoyev Qarshida militsionerning xonadonida mehmon bo‘ldi
Microsoft asoschisi Bill Geytsning biz bilmagan qirralari
Yer aholisi 26 fevralda antiqa astronomik hodisa guvohi bo'ladilar
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi
Markaziy bank: Plastik karta egalari uchun qarz olish xizmati joriy etiladi
Erkak kishi uchun hech qachon qilmaslik lozim bo`lgan 6 narsa
2020 yilgacha Yevropa Ittifoqiga birorta davlat qo'shilmaydi
“Farg‘onaazot”da portlash yuz berdi. Qurbonlar bor
Qahva va energetiklar o‘rnini bosadigan tetiklashtiruvchi ichimliklar
Google kompaniyasi Uber’ni sudga berdi
Yangilangan “g'isht” Nokia’ning o'ziga xos jihatlari oshkor bo'ldi
Yerga o'xshash yana yetti sayyora aniqlandi