У нас есть только
оригинальные песни

Indoneziyada 16 yoshli o'smir 71 yoshli kampirga uylandi

calendar 05.07.2017
2583

Indoneziyada 16 yoshli Salomat Riyoziy ismli o'smir 71 yoshli Ro'hayo ismli ayolga uylandi. Juftlikning oilalari bu nikohga qarshi bo'lganlar, biroq "yoshlar" agar ularga turmush qurishga ruxsat bermasalar, o'z jonlariga qasd qilish bilan tahdid qilishgan, deb yozmoqda The Mirror nashri. Ushbu antiqa nikoh videosi internetda paydo bo'ldi.

O'smir qolgan hayotini yuragi to'ridan joy olgan ayol bilan o'tkazmoqchiligini aytgan. Sevishganlar oilalari shunchalik kambag'allarki, bu yerda biror manfaatni ko'zlab turmush qurilgani haqida umuman gap ketmayapti. Kelin uchun 200 ming indonez rupiysi (11 dollar) miqdorida kamsuqumgina qalin puli berilgan.

Nikohning videosi va suratlari Indoneziya ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgandan keyin ko'pchilik bu ittifoq haqiqiyligiga shubha bildirgan. Biroq juftlik qarindoshlari telekanallardan biriga bergan intervyuda nikoh haqiqiyligini tasdiqlashgan. 

Яндекс.Метрика