У нас есть только
оригинальные песни

Ingliz tili o'qituvchilari uchun Britaniya granti ye'lon qilindi

calendar 28.01.2016
1353

Britaniya Kengashi Buyuk Britaniyadagi A.S. Xornbi nomli ta'lim jamg'armasining 2016 yil oktyabrdan 2017 yil sentyabrga qadar muddatga grant olish uchun tanlov ye'lon qildi. Bu haqda Britaniya Kengashining Toshkentdagi idorasi Kun.uz`ga ma'lum qildi. Ariza topshirishning yeng so'nggi muddati 29 fevral 17:00 gacha (London vaqti bilan).

A.S. Xornbi nomli ta'lim jamg'armasining grantlari har yili Britaniya fuqarosi bo'lmagan ingliz tili o'qituvchilariga Uorik universitetida magistr darajasini olishlari uchun taqdim yetiladi.

Jamg'armaga 1961 yilda A.S. Xornbi tomonidan butun dunyodagi ingliz tili o'qituvchilarini qo'llab-quvvatlash maqsadida asos solingan. Mazkur jamg'arma insonparvarlik tashkiloti sanalib, Britaniyada ro'yxatdan o'tgan. Uning asoschisi hisoblangan A.S. Xornbi ingliz tilini o'qitish bo'yicha salmoqli ishlarni amalga oshirgan inson sifatida tarixga kirgan. U Oxford University Press tomonidan sakkizinchi marota qayta chop yetilayotgan «Oxford Advanced Learners’ Dictionary» lug'atini tuzgan.

Grant shartlariga ko'ra, jamg'arma Britaniyadagi barcha xarajatlarni o'z zimmasiga oladi. Jumladan, har oylik stipendiya, ta'lim, aviachiptalar, viza va IELTS imtihoni uchun to'lovlarni qoplaydi.

Eng kamida ikki yil ingliz tili fanidan dars o'tgan, bakalavr diplomiga yega bo'lgan nomzodlar grantda qatnashish uchun ariza taqdim yetish huquqiga yega.

Nomzodlar to'rt boqichli saralashdan o'tishlari talab qilinadi. Birinchi bosqichda nomzodning ariza blankasi baholanadi. Ikkinchi bosqichda yesa saralab olingan nomzodlar Toshkentdagi Britaniya Kengashi idorasida suhbatdan o'tadilar. Uchinchi bosqichda suhbatdan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar universitetga murojaat yetadilar. To'rtinchi bosqichda universitet nomzodlarning o'qish-o'qimasligini tasdiqlashi kerak. Shundan so'ng grant taqdim yetiladi.

Mazkur grant bo'yicha batafsil ma'lumotlarni Britaniya Kengashi sayti orqali bilib olishingiz mumkin.

Яндекс.Метрика