У нас есть только
оригинальные песни

Inha universitetining prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyurdi

calendar 03.12.2016
1112


Inha universitetining (Koreya Respublikasi) prezidenti Sunya Choy O‘zbekistonga yetib keldi, deb yozadi UzDaily.

Sunya Choy O‘zbekiston Prezidenti saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida qatnashish uchun O‘zbekistonga keldi.

Saylov kuni Inha universiteti prezidenti bir nechta saylov uchastkalari, jumladan, Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida joylashgan 105-sonli saylov uchastkasiga tashrif buyuradi.

Shuningdek, prezident Sunya Choy Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Sarvar Boboxo‘jayev bilan uchrashuv o‘tkazadi. Uchrashuv davomida tomonlar ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim sohasidagi munosabatlarni rivojlantirish holati va istiqbollarini muhokama qiladi.

Яндекс.Метрика