У нас есть только
оригинальные песни

INSON O'ZING!!! (bir o'ylanib ko'ring).

calendar 02.07.2011
2726
                                 
Inson o'zi bu dunyoda nima uchun yaralgan? Albatta sinov uchun.
Bu dunyoga inson bo'lib kelib nimalar topdigu, nimalarni yo'qotdik?
Bizga bir marta beriladigan hayotga nimalarga ulgurdigu nimalarga ulgura olmadik?
Keling endi shu savollarga javob topishga harakat qilamiz. Va inson bo'lib yaralib nima topdik va nimalarni yo'qotganimizi tahlil qilamiz...

Mol dunyo topdik,ammo huzur halovatimiz yo'qoldi.
Qulayliklarni ortirdik, ammo vaqtimiz kamaydi.
Do'stlarni ko'paytirdik, ammo dushmanlarimiz ham bor.
Ko'p televizor ko'ramiz, internetga kiramiz,ammo kam kitob o'qiymiz.
Ko'p gapiramiz,ammo kam e'tibor beramiz.
Pul topishni o'rgandik,ammo uni tog'ri sarflashni eplolmadik.
Oyga uchib qaytishni bilamizu,lekin qo'ni- qo'shni ,qarindoshlarni holidan habar olgani ikki qadam bosmaymiz.
Fazoda va dunyoda nima bo'layotganini bilamizu,lekin o'z ichki kechinmalarimizdan bexabarmiz.
Havoni tozalaymiz, ammo bazi insonlarni ruhi kir.
Rejalar tuzamizu, lekin har doim ham natijasi ko'rinmaydi.
Shoshilishni o'rgandik, sabrni esa esdan chiqardik.
Tanishlarimiz ko'p, lekin ishonadigan haqiqiy do'stimiz yo'q.
Yutuqlarimiz ko'p, quvonchlarimiz kam.
Ko'p narsani bilamiz,ammo amal qilmaymiz.
Doima labimizda kulgu, lek ko'z yoshlarimiz ham bor.
Insonlar bir birimizni hafa qilamizu, lekin kechirim so'ramadik kechirmadik, kechirim so'ramadik.
Va nihoyat umrimizga yillar yoshlar qo'shdigu, ammo u yillarga hayot baxsh etib orqaga qaytara olmadik...

Dar haqiqat inson umri naqadar g'animat. Lekin ko'pincha biz insonlar bir birimizga g'animat ekanimiz unitib qo'ymoqdamiz. Bir birimizni aldaymiz, hafa qilamiz, kechirim so'ramaymiz va bir birimizni kechirmaymiz. Nega hozir insonlarni bir biriga bo'lgan ishonchi yo'qolgan? Chunki dunyoda qanchalik odam ko'paysa shunchalik yolg'on oshar ekan.
Nega odamlar o'zlari ham inson bo'la turib. Inson qadrini pul bilan o'lchashmoqda?
Olloh o'zi yaratgan mavjudodlar ichida insonlarni aziz qilib yaratgan. Ho'sh nega unda biz inson bo'la turib shu aziz insonlarni qadrlamaymiz, bir birimizga yordam bermaymiz? Chunki hozir insonlarda oqibat yo'qolgan.
Nega bilib turib hato qilamiz, va qilgan hatolarizga pushayman bo'lamizu, lekin hatolarimizi saboq chiqarmaymiz yana qayta qayta hato qilamiz? Chunki hudo ishlatish uchun bergan kallamizni yaxshiroq ishlatishga erinamiz hatolardan hulosa chiqarmaymiz.
Nega insonlar bir birini yaxshi yomonga emas, boy ,kambag'al, chiroyli, hunukka ajratadi. Shuni bilingki qanday bo'lamay baribir hammamiz yaratgan oldida barobarmiz. Hammamiz hato qiluvchi insonlarmiz.
Tog'ri har bir insondi hato gunoxlari bo'ladi. Hato qilish insonga hos shuning uchun ham biz farishta emas insonlarmiz. Biz farishta emas inson ekanmiz keling aziz insonlar hech bo'lmasa inson degan nomga loyiq bo'laylik. Bir birimizni qadrlaylik, ahir biz bu o'tkinchi dunyoda omonatmiz shuni unutmaylik. Ahir bu dunyoda adabiy qolmaymiz bir kun hammamiz bu dunyodan o'tamiz.
Bu dunyo va u dunyo orasi qancha? Bu dunyoga keldik bozor ko'rdik kafan oldik va yana u dunyoga otlandik aslida mana shunday qisqadur inson umri. Hulosa shuki bugun bormiz ertaga esa yo'q bo'lishimiz mumkun. Shunday ekan aziz insonlar bir birimizni borligimizda qadrlaylik, bir birimizni qadrlaylik. Bir birimizga nisbatan kechirimli bo'laylik. Va bir narsani unutmaylik. Insondi qo'li qanchalik uzun bo'lmasin baribir qarichi kalta. Insondi boshi osmonda bo'lsa ham oyog'i baribir ham yerda. Maqola haqida fikr mulohazalarizi izohlarda kutib qolaman. Omonat dunyoda, omon bo'ling aziz insonlar hurmat bilan...


Inson o'zing (she'r)

Hammamizdan qolar bu dunyo.
Ayting kimga qilibdi vafo.
Inson dunyoga sinov uchun kelganmi yo?
Inson umri bir kunlik go'yo...

Azoblarga to'la bu dunyo, yashashdan ham qo'rqib qolaman.
Nega bila turib bazida bila turib hato qilaman.
Ey inson insondi aldab nima foyda topasan.
Unutma u singari o'zing ham insonsan...

Dunyoga kelib nimadur topdim,nimadur yo'qotdim.
Men inson zotiga hech tushunolmadim.
Nega insonlar bir birini qadrlamas buni bilolmadim.
Aslida besh kunlik dunyoda kech nimaga ulgurolmadim...

Kunlar g'animat, umr g'animat.
Aslida inson bir biriga g'animat.
Bu jonimiz tanda omonat.
Ne bo'lsa ham inson ekaningni unutma faqat.

Qani qo'lni qo'lga bering insonlar.
Insondan aziz emas bu pullar.
Bu dunyoga ustun bo'libdi kimlar.
Omonat dunyoda, omon bo'ling insonlar...


miranda_89
Яндекс.Метрика