У нас есть только
оригинальные песни

Insonlarning gadjyetlarga bo'lgan muhabbatiga izoh berildi

calendar 02.11.2016
975

Makgilla Universiteti psixologlari nima uchun ba`zi insonlar jonsiz buyumlarga shunchalik mehr qo'yishlarining sababini aniqlashdi. Ma`lum bo'lishicha, ular shu tariqa yolg'izlik hissidan xalos bo'lishar ekan. Psychological Science jurnalida chop etilgan olimlarning xulosasi haqida Gizmodo nashri xabar berdi

Tadqiqotchilar 178 nafar kishi ishtirokida tajriba o'tkazishdi. Unda yolg'izlik hissi, separatsion bezovtalik  (yaqinlardan uzoqlashganda xavotirga tushish), muayyan bir ijtimoiy guruhga a`zo bo'lishga ehtiyoj sezish va o'z-o'zini  hurmat qilish kabi psixologik ko'rsatkichlar baholandi. Shundan so'ng guruhlarning biridagi ishtirokchilardan o'zlari uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan yaqin insonga xos bo'lgan olti xislatni sanab o'tish so'raldi. Ikkinchi guruh ishtirokchilaridan esa oddiy bir tanishini ta`riflash so'raldi. 

Shundan so'ng tadqiqot qatnashchilari to'rt qurilma  tavsifini o'qib berishdi. Psixologlar ishtirokchilardan har bir gadjyetga ta`rif berishni so'rashdi. Ma`lum bo'lishicha, o'zini yolg'iz his qiluvchi kishilar gadjyetlarga ta`rif berish davomida ularga nisbatan ko'pincha insoniy xislatlarni sanab o'tishgan. Biroq jonsiz predmetlarni jonlantirishga moyillik ko'proq separatsion bezovtalik bilan bog'liq bo'lgan. 

Olimlar insonlarning shu yo'l bilan munosabatlarga bo'lgan ehtiyojini qondirishini taxmin qilishmoqda. Shunday bo'lsa-da, bu yangi insonlar bilan aloqalarni yo'lga qo'yishni ancha qiyinlashtiradi. 

Яндекс.Метрика