Instagram ilovasi bundan besh yil muqaddam, 2010 yilning 5 oktyabr kuni app store`da o'z debyutini nishonlagan edi.
Ushbu ilovani ilk marotaba AQShning San-Frantsisko shahridagi Kevin Sistrem va Mayk Kriger ishga tushirgan edi.
Xizmatga joylashtirilgan eng birinchi
fotosurat esa Kevin tomonidan ilova rasman ishga tushirilishdan oldinroq
joylashtirilgan. Unda kuchuk va dasturchining oyoqlari tasvirlangan.
Eslatib
o'tamiz, ayni paytda Instagram fotoxizmatidan foydalanuvchilar soni 400
million kishidan oshgan. Ushbu xizmat ishga tushirishi bilan ikki oy
o'tmasdan bir million nafardan ziyod foydalanuvchiga ega bo'ldi.
2013 yil fevralida esa uning har oylik auditoriyasi 100 milliondan oshdi. Ayni paytda har kuni ilovaga 80 milliontaga yaqin fotosurat joylanadi. Bugungi kunga qadar esa ijtimoiy tarmoqda 40 mlrddan ziyod fotosurat e'lon qilingan.