Instagram ilovasida bir nechta fotosuratlardan iborat post nashr
etish imkoni yaratildi. Hozirda bu imkoniyatdan faqatgina servisda
reklama joylashtiradigan kompaniyalar foydalana olishlari mumkin. Bu
haqda The Verge xabar bermoqda.
Bir nechta suratdan iborat reklama e'lonini ta'lim olish imkoniyatini
kengaytirish bilan shug'ullanuvchi xayriya tashkilotining akkauntida
(@pencilsofpromise ) ko'rish mumkin.
Fotojamlanmaga to'rttagacha surat qo'shish mumkin. Ular "svayp” usulida
o'tkaziladi. Bundan tashqari, reklama beruvchilar "Learn more” tugmasi
orqali o'z saytlarining linkini qo'yishlari mumkin bo'ladi.
Sinov ijobiy natija bersa, kompaniya bunday imkoniyatni barcha
foydalanuvchilar uchun yaratishini ma'lum qilgan.