Instagram fotoilovasida 30 sekundli reklama roliklari joylashtirish imkoniyati tug'iladi, deb xabar bermoqda The Verge nashri.
Sentyabr oyining oxirida reklama videoga ijtimoiy tarmoqda o'rnatilgan 15 sekundli cheklovni buzish huquqi beriladi. Shu tariqa kichik biznes vakillari tarmoq orqali o'z mahsulotlarini reklama qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Reklamani Instagram’ning Italiya, Ispaniya, Janubiy Koreya, Meksika va boshqa davlatlaridagi foydalanuvchilari qo'llay oladi.