У нас есть только
оригинальные песни

Instagram’da Yulduz Usmonova nomidan ochilgan soxta sahifalarning ma’lumotlariga ishonmang

calendar 30.01.2017
1345

Instagram’da O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova nomidan soxta ma’lumotlar tarqatilmoqda. Bu haqda xonandaning rasmiy sayti ma’muri Azamat Qodirov jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

“Instagram’da Yulduz Usmonovaning soxta akkauntini ochgan shaxslar xonanda nomidan asossiz ma’lumotlar tarqatib, muxlislar bilan muloqotga kirishmoqda. Bu holat turli tushunmovchiliklarga sabab bo‘lyapti”, — deydi Azamat Qodirov.

Qodirovning qayd etishicha, Instagram’da Yulduz Usmonovaning o‘zi yuritadigan @YulduzIbragimovnaUsmonova hamda xonanda rasmiy saytining sahifasi hisoblangan @YulduzMusic sahifalarigina rasmiy maqomga ega.

“Yulduz Usmonova nomidan ochilgan soxta sahifalarning kuzatuvchilari soni 200—300 ming kishiga yetgan. Ularda e’lon qilinayotgan ma’lumotlarga ishonmasligingizni so‘raymiz”, — deydi Azamat Qodirov.

Яндекс.Метрика