У нас есть только
оригинальные песни

Instagram foydalanuvchilari soni 400 millionga yetdi

calendar 24.09.2015
1213

Instagram ijtimoiy tarmog‘idan foydalanish ko‘rsatkichi oxirgi to‘qqiz oy ichida choraktaga oshgan. Butun dunyo bo‘yicha dastur orqali har kuni 80 millionga yaqin surat yuklanadi. Bugunga kelib, Instagram fotoxizmati foydalanuvchilari soni 400 million kishiga yetdi.

Ijtimoiy tarmoqning blogida yozilishicha, navbatdagi 100 million foydalanuvchi oxirgi to‘qqiz oyda ro‘yxatdan o‘tgan. Ularning yarmidan ko‘pi Yevropa va Osiyo hissasiga to‘g‘ri keladi. Braziliya, Yaponiya va indoneziyalik ro‘yxatdan o‘tuvchilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Instragram’chilarning faqatgina 25 foizi AQShda yashaydi.

Xizmat 2010-yilning oktabr oyida ishga tushirilgan bo‘lib, ikki oy ichida bir million foydalanuvchiga ega bo‘lgandi. 2013-yilning fevralida esa, har oylik foydalanuvchilar auditoriyasi 100 million nafarga yetdi. Ayni paytda ijtimoiy tarmoqda, 40 milliard dona surat mavjud.

Eslatib o‘tamiz, 2014-yilning dekabr oyida Instagram foydalanuvchilari soni 300 millionga yetib, Twitter’dan o'zib ketgan edi.
Яндекс.Метрика