У нас есть только
оригинальные песни

Instagram ijtimoiy tarmog'ida yangi funksiyalar paydo bo'ldi

calendar 07.12.2016
1580

Instagram ilovasi mualliflari foydalanuvchi xohish-istaklarini inobatga olib qator yangiliklarni jory qildi. Endilikda, turli izohlarni ko'rmaslik uchun ular haqida ogohlantirishni o'chirib qo'yib, obunachilarni yo'q qilish hamda izohning «yoqqan»ini «yoqdi» tugmachasini bosish bilan izhor qilish mumkin. Xizmat blogida aytilishicha, yaqin haftalarda ushbu funksiyalardan to'la foydalanish mumkin bo'ladi. Shundan so'ng, foydalanuvchilar o'zlarining aniq bir e`loni uchun izoh qoldirishni taqiqlab qo'yishi mumkin. Buning uchun surat yoki video ekranida qo'shimcha parametrlarni ochib, unda «Izohlarni o'chirib qo'yish» buyrug'ini tanlash lozim bo'ladi. Ayni yangilik eng ahamiyatlilaridan biridir, db yozadi TechCrunch. Chunki, ijtimoiy tarmoqlarda salbiy va tahqirlash mazmunidagi izohlarni ko'plab uchratish mumkin. Bundan tashqari, foydalanuvchilar sahifasiga obuna bo'lganlarni bloklash o'rniga o'chirib yuborish imkoniga ham ega bo'lishgan. Obunachilar esa bu haqda hech qanday ogohlantirish olmaydi. Shu bilan oshkora sahifani yopish qulaylashtiriladi, deb izoh bergan Instagram. Manba: kun.uz

Яндекс.Метрика