Instagram muddatli suratlar funktsiyasini taqdim etdi

Instagram ijtimoiy tarmog'i 3 avgust kuni yangi - Instagram Stories funktsiyasini taqdim etdi. U suratni 24 soatga joylashtirish imkonini beradi, shundan so'ng ular akkauntdan yo'qoladi. 

“Bizga o'zimizni erkin his qiladigan va “rasmim kimgadir yoqqanmikan?” kabi savollar qiynamaydigan joy kerak”, - dedi Instagram bosh direktori va asoschisi Kevin Sistr The Wall Street Journal’ga bergan ma`lumotida. 

Shuningdek Sistrning fikricha, yangi funktsiya foydalanuvchilarni ko'proq suratlar qo'yishga undaydi, Instagram’ga haftada bitta rasm yuklaydigan foydalanuvchi Instagram Stories’da kuniga 5-10ta surat yuklaydigan bo'ladi. 

Instagram’ning asosiy lentasidan farqli o'laroq, Instagram Stories’da suratlarni “layklash” yoki unga izoh yozish imkoni bo'lmaydi, bundan tashqari yangi bo'limda reklama ham yo'q. 

Instagram’ning yangi funktsiyasi Snapchat ilovasi bilan umumiy o'hshashlik tomonlariga ega. Unda foydalanuvchilar faqatgina bir kecha-kunduz davomida ko'rish mumkin bo'lgan foto va videolar bilan bo'lishishadi. “re/code”ning ta`kidlashicha, ikkala ilovada ham 10 soniyadan ortiq bo'lmagan videolarni yuklash, shuningdek surat va videolarga stikerlar qo'shish yoki chizish  mumkin.

Manbaga ko'ra, Instagram yangi funktsiyasining yo'lga qo'yilishiga  AQSh o'smirlari orasida Snapchat ilovasining ommalashgani sabab bo'lgan. Piper Jaffray ma`lumotlariga ko'ra, 2016 yilning ilk olti oyida AQSh o'smirlarining 28 foizi Snapchat’dan, 27 foizi – Instagram’dan foydalangan. 

 


Комментарии (0) | Добавить: 03.08.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash