У нас есть только
оригинальные песни

«Instagram» o‘zining to‘lov tizimini ishga tushirdi

calendar 05.05.2018
1226

«Instagram» kompaniyasi ayrim foydalanuvchilar uchun o‘zining elektron to‘lov funksiyasini yaratdi. Yangi funksiya kredit kartasini profilning bir qismi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish, PIN-kodni sozlash, shundan so‘ng xaridlarni instagramdan chiqmasdan turib amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi, deb xabar berdi «NV.ua».

Yangi funksiyani birinchi bo‘lib «TechCrunch» o‘quvchilaridan biri Gennadiy Okrin payqab qolgan. «Instagram» matbuot kotibi chiptalarni bron qilish, shuningdek, restoran va salonlarda to‘lovlarni amalga oshirishga yordam beradigan to‘lov vositasi paydo bo‘lganini tasdiqladi, biroq hozircha cheklangan miqdordagi hamkor servislar uchun.

Xususan, funksiyadan hozirda «Resy» restoranlaridan joy band qilish mumkin. «Instagram Payments»ning xizmat ko‘rsatish tartiblari xuddi «Facebook»ning to‘lov tizimiga o‘xshab ketishi ta’kidlandi.

Jurnalistlarning ta’kidlashicha, mazkur yangilik reklama beruvchilar uchun jiddiy rag‘batga aylanishi mumkin. Bundan tashqari «Instagram Payments» foydalanuvchilarni o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan ko‘proq xaridlarni amalga oshirishga majburlaydi.

Яндекс.Метрика