У нас есть только
оригинальные песни

Instagram onlayn-translyatsiya funksiyasini taqdim etdi

calendar 22.11.2016
1095

Instagram bir yo‘la ikkita yangi funksiya — Stories bo‘limida to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn-translyatsiyalar hamda chatlar uchun Instagram Direct’da g‘oyib bo‘luvchi fotosuratlar va videolarni taqdim etdi, deb yozadi MacDigger kompaniya rasmiy blogiga tayanib.

Bevosita translyatsiyalarni Instagram Stories bo‘limida ko‘pi bilan bir soat olib borish mumkin. Foydalanuvchilar izohlarni yoqishi va o‘chirishi mumkin. Video yozib olinmaydi — barcha translyatsiyalar o‘chirib boriladi.

Servis yaratuvchilari g‘oyasiga ko‘ra, onlayn-translyatsiyalar foydalanuvchilar o‘rtasida hamkorlik tajribasini boyitish imkonini berib, ularga yaqinroq aloqada bo‘lishga yordam beradi.

Videotranslyatsiyalar funksiyasi barcha mamlakatlardagi Instagram foydalanuvchilari uchun “yaqin bir necha hafta ichida” hozir bo‘ladi.

Instagram Direct’dagi shaxsiy va guruh chatlarida g‘oyib bo‘luvchi foto va videolar funksiyasidan esa allaqachon foydalanish mumkin.

Яндекс.Метрика