У нас есть только
оригинальные песни

Instagram tarixidagi eng mashhur surat e’lon qilindi

calendar 02.07.2015
4001

Amerikalik fotomodel Kendall Jennerning fotosurati Instagram tarixidagi eng mashhur surat deb tan olindi. The Independent xabariga ko‘ra, 2015-yil mayida joylashtirilgan fotosurat 2,6 millionta layk yiqqan. Instagram 19 yoshli Jenner o‘z sahifasiga joylashtirgan suratda uning oq libosda polda yotganini, yoyilib turgan soch tolalaridan esa yurakcha ko‘rinishidagi shakllar yasalganini ko‘rish mumkin. Instagram’dagi mashhurlik bo‘yicha avvalgi rekord teleyulduz Kim Kardashyan va reper Kanye Uestning nikoh marosimi tasvirlangan fotosuratga tegishli edi. 2014-yil may oyida Italiyada olingan surat 2,4 millionta layk to‘plagandi. Jenner jahondagi eng talabgir yosh modellardan biri hisoblanadi, u shuningdek "Kardashyan oilasi” nomli realiti-shoudagi ishtiroki bilan ham tanilgan. Kendall – teleyulduz Kim Kardashyanning o‘gay singlisidir.
Яндекс.Метрика