У нас есть только
оригинальные песни

Instagram yangi funksiya sinovlarini boshladi

calendar 09.08.2017
1145

Instagram yangi funksiya - birgalikdagi jonli efir sinovlari boshlanishi haqida ma`lum qildi, unda to'g'ridan to'g'ri uzatiladigan translyatsiyaga mehmonni qo'shish mumkin bo'ladi. Bu haqida ijtimoiy tarmoq matbuot xizmatida xabar berildi. 

"To'g'ridan to'g'ri efirga chiqish — o'z do'stlari va folloverlari bilan muloqot qilishga mo'ljallangan qiziqarli format, biroq butun dunyo bilan "birga bir" chiqish ba`zilar uchun noqulay. Yangi funksiya translyatsiyaga mehmonni qo'shish imkonini beradi, folloverlar esa avvalgidek "layk" bosishlari va izoh qoldirishlari mumkin bo'ladi", - deyiladi matbuot relizida. 

Ma`lum qilinishicha, hozirda funksiyadan foydalanuvchilar soni cheklangan, lekin bir necha oydan so'ng u to'liq hajmda ishga tushadi. 

Яндекс.Метрика