У нас есть только
оригинальные песни

Instagramga bir soniyada taxminan 700 ta surat yuklanadi

calendar 20.10.2014
5944


Bugungi kun ko‘rsatkichlariga ko‘ra, Instagram’ga bir yilda 21,9 milliard surat yuklanmoqda. 

Photoworld kompaniyasi esa Instagram’ga yuklanadigan suratlar chop etilib, ustma-ust qo‘yib chiqilsa, qancha masofa hosil bo‘lishini hisoblab chiqdi. Unga ko‘ra, ushbu tarmoqqa 37 daqiqa ichida yuklanadigan suratlarni chop etib, ustma-ust qo‘yib chiqilsa, uning uzunligi Nyu-Yorkdagi 443 metr uzunlikda bo‘lgan Empire State Building binosi bilan bir xil bo‘ladi. Agar 12 soat davomida Instagram’ga yuklanadigan suratlar bilan bu ish amalga oshirilsa, ularning uzunligi Everest tog‘i bilan barobar bo‘ladi.

Olti kunlik Instagram suratlaridan hosil qilingan fototaxlamning uzunligi esa Yerning atmosfera qatlamidan chiqib ketish uchun yetarli bo‘ladi. Instagram’ga bir yil davomida yuklangan suratlardan 6351 kilometrlik yo‘l hosil qilish mumkin. Bu yo‘l esa Toshkentdan Moskvaga borib-kelish masofasi bilan deyarli bir xil bo‘ladi.


Яндекс.Метрика