У нас есть только
оригинальные песни

Intel rahbari “ishdagi ishq” sababli o'z lavozimini tark etdi

calendar 21.06.2018
1155

Oxirgi 5 yil davomida Intel kompaniyasining ijrochi direktori lavozimini egallagan Brayan Krjanich iste`foga chiqdi. Uning o'rnini kompaniyaning moliyaviy direktori Robert Svon vaqtinchalik egalladi.  

Kompaniyaning ma`lum qilishicha, Krjanich ichki tergov uning kompaniya xodimlaridan biri bilan yaqin aloqada bo'lganini tasdiqlaganidan keyin iste`foga ketishga majbur bo'lgan. Rahbarlarning xodimlar bilan ishqiy munosabatlarda bo'lishi kompaniyaning qoidalariga zid hisoblanadi.  

Ayni vaqtda kompaniya Krjanich o'rniga nomzod izlamoqda. The Verge’ning ta`kidlashicha, 1982 yildan beri Intel’da ishlab kelgan Krjanichning biografiyasi kompaniya saytidan o'chirib tashlangan.

Яндекс.Метрика