У нас есть только
оригинальные песни

«Inter» klub rekordini takrorladi

calendar 25.10.2017
800

«Inter» Italiya chempionatining 10-turi doirasidagi o'yinda «Sampdoriya»ni qabul qildi. «San-Siro» stadionida kechgan bahs mezbonlarning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

G'olib jamoa safida forvard Mauro Ikardi dubl qayd etgan bo'lsa, Milan Shkrinyar yana bir golga mualliflik qildi. Genualiklar uchun esa Davil Kovnatski va Fabio Kvalyarella to'p kiritdi.

Milan klubi chempionatning dastlabki 10 turida 26 ochko to'plab, klub rekordini takrorladi. «Neradzurrilar» bunday natijani 1997/98-yilgi mavsumda qayd etishgandi.

«Inter» 26 ochko jamg'ardi va Italiya chempionati turnir jadvalida birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Ikkinchi pog'onada borayotgan «Napoli» (25) bir o'yin kam o'tkazgan. «Sampdoriya» (17) esa oltinchi o'rinda.

Inter – Sampdoriya 3:2 (2:0, 1:2)
Gollar:
 1:0 – 18 Shkrinyar, 2:0 – 32 Ikardi, 3:0 – 54 Ikardi, 3:1 – 64 Kovnatski, 3:2 – 85 Kualyarella.
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, Shkrinyar, Miranda, Nagatomo (Santon, 84), Vesino (Joau Mariu, 74), Galyardini, Kandreva, Valero, Perishich, Ikardi (Eder, 87).
Sampdoriya – Pudjoni, Bereshinski, Silvestre, Ferrari, Murru, Barreto(Linetti, 66), Torreyra, Prat, Ramires (Kaprari, 46), Kualyarella, Sapata (Kovnatski, 57).
Ogohlantirishlar: Murru (61), Kualyarella (85), Galyardini (88), Eder (90).

Яндекс.Метрика