У нас есть только
оригинальные песни

Internet, SMS, GPRS, smart va mobil telefonlar uchun "E-MARKET" dasturi

calendar 03.06.2015
1652

O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi xodimi Mirzaev Saydiaziz Saidkarimovich tomonidan internet, SMS, GPRS, smart va mobil telefonlar uchun "E-MARKET" dasturi ishlab chiqildi. U aholiga qo'shimcha xizmatlar ko'rsatish maqsadida real vaqt rejimida har xil turdagi tovarlar va xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish imkoniyati bilan elektron tijorat ishlarini olib borish uchun mo'ljallangan. "E-MARKET"dan axborot texnologiyalari, telekommunikasiyalar sohasida foydalaniladi. Dastur SMS-xabar jo'natib, internet tarmog'i, SMS, GPRS, smapt va mobil telefonlar orqali har xil turdagi tovarlar va xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Muallifga mazkur dastur uchun № DGU 03030 raqamli guvohnoma berildi.
Яндекс.Метрика