У нас есть только
оригинальные песни

Internetda AQSh prezidenti yangi limuzinining maxfiy suratlari paydo bo‘ldi (foto)

calendar 13.08.2016
2327

Motor1 nashri ixtiyoriga AQSh prezidenti yangi limuzinining maxfiy suratlari kelib tushdi. General Motors konserni o‘zining Michigandagi tajriba poligonida Cadillac prototipini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda Motor xabar bermoqda.

Hozirgi limuzin singari yangi mashina og‘ir pikap asosida quriladi. Yangi avtomobil kengaygan klirens va katta g‘ildiraklarga ega bo‘ladi. Limuzinning tashqi ko‘rinishi Cadillac’ning CT6 sedani va XT5 krossoveri uslubida bo‘ladi.

Avtomobil yangi AQSh prezidentining 2017-yil 20-yanvarda bo‘lib o‘tadigan inauguratsiyasiga tayyor bo‘ladi. Saylovlar 2016-yilning 8-noyabrida bo‘lib o‘tadi. AQSh prezidentligi uchun Hillari Klinton va Donald Tramp kurash olib bormoqda.

Prezidentning amaldagi The Beast nomli Cadillac avtomobili 2009-yildan buyon foydalanib kelinmoqda.

 

Яндекс.Метрика