У нас есть только
оригинальные песни

Internetda Mercedes tarixidagi eng katta avtomobil fotosurati tarqaldi

calendar 01.11.2015
2318

GL modeli merosxo‘ri — Mercedes-Benz GLS’ning rasmiy suratlari internetda tarqalib ketdi.

Fotosuratlarda Mercedes’ning eng yirik oilasi vakili yorug‘lik diodli kunduzgi chiroqlar bilan integratsiya qilingan yangi asosiy faralar bilan ta’minlanganini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, avtomobilning old bamperi havo panjaralarini kattalashtirish hisobiga qayta ishlangan, yangi radiator panjarasi va diffuzor o‘rnatilgan.

Avtomobilning dvigatellari qatori, taxminlarga ko‘ra, o‘zgarishsiz qoladi. Ma’lum qilishlaricha, yo‘ltanlamas avtomobil sakkiz silindrli, hajmi 5,5 litr bo‘lgan GLS 63 AMG tvin-turbo dvigatel bilan ta’minlanadi.

Agregat 557 ot kuchiga ega bo‘lib, uning S-versiyasi quvvati 585 ot kuchiga teng. Avtomobil 2016-yilning yanvaridan sotuvda paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Яндекс.Метрика