У нас есть только
оригинальные песни

Internetda parol o'rnida rasmlardan foydalanish taklif qilindi

calendar 28.12.2015
874

               

Plimut universiteti tadqiqotchilari internetdan, kompyuterdan va boshqa texnik vositalardan foydalanish xavfsizligini oshiradigan yangi parollash metodi ustida ish olib bormoqda. GOTPass nomli metod shablonlar, rasmlar va bir martalik parollarni o'z ichiga olib, bu ham eslab qolishga oson, ham ilgarigi metodikadan ancha xavfsiz bo'lishi aytilmoqda.

GOTPass foydalanishdan oldin sozlamalarni chaqiradi. Foydalanuvchi 4×4 setkasi bo'yicha shablon chizishi lozim bo'ladi (Android’da ishlaydigan gadjetlarni parollash usuliga o'xshash). Shablon tanlangach, Emoji smayllariga o'xshash 120 belgidan to'rttasini tanlash mumkin bo'ladi.

Parol kiritish payti kelganida foydalanuvchi o'z ismini kiritadi, so'ng blokni ochish uchun shablon chizadi. Shundan so'ng unga 16 belgi ko'rsatiladi, shulardan 14tasi tasodifiy, qolgan 2tasi esa muqaddam foydalanuvchining o'zi tanlagan 4 belgidan 2tasidir. 2ta belgini to'g'ri tanlagan foydalanuvchiga kirish uchun bir martalik parol ko'rsatiladi.

Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, bu jarayon “aslida ko'p vaqt olmaydi” hamda kerakli ma'lumotlarni eslab qolish katta qiyinchilik tug'dirmaydi.

Яндекс.Метрика