У нас есть только
оригинальные песни

Internetda Samsung Galaxy C7 Pro smartfoni suratlari paydo bo‘ldi

calendar 15.12.2016
3862

Samsung kompaniyasi 2017-yil boshida Galaxy C Pro yangi smartfonlar lineykasini taqdim etishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. “O‘rtacha” Galaxy C7 Pro modelining suratlari internetda paydo bo‘lishga ulgurdi.

Samsung Galaxy C7 Pro kompaniya assortimentida o‘rtacha tavsiflarga ega arzon model o‘rnini egallaydi. Smartfon ingichka metall korpusga ega bo‘ladi. Anons yanvardayoq bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Narxlari hozircha noma’lum.

Galaxy C7 Pro’ning ba’zi xususiyatlari allaqachon ma’lum. Chunonchi, smartfon 5,7 dyuymli Full HD ekran, 4 Gb tezkor va 64 Gb ichki xotira, Qualcomm Snapdragon 626 chipseti, 16 megapikselli asosiy va 16 megapikselli old kameraga ega bo‘ladi.

Яндекс.Метрика