У нас есть только
оригинальные песни

Internetda «Terminator 6» filmi bosh qahramonlari tasviri paydo bo'ldi

calendar 02.08.2018
1586

Amerikaning Paramount Pictures kinokompaniyasi internetda mashhur "Terminator" filmining oltinchi qismidagi bosh qahramonlar tasvirini namoyish etdi. Unda aktrisalar Nataliya Reyyes, Makkenzi Devis va Linda Xemilton aks etgan, film prokatga 2018 yil oxirida chiqadi. Bu haqda Fox News telekompaniyasi xabar berdi.

"Terminator" va "Terminator 2" filmlariga rejissyorlik qilgan Jyeyms Kemeron yangi filmning prodyuseri bo'ldi. Hozircha aniq nom tanlanmagan filmni suratga olish ishlariga Tim Miller ("Dedpul") rahbarlik qiladi.

Paramount Pictures bo'lajak film tafsilotlarini ma`lum qilmadi. Unda Arnold Shvartsenegger ham qatnashishi kutilmoqda. Xemilton Sara Konnor rolini, Devis Greys rolini ijro etadi, Reyyesga esa yangi qahramon Deni Ramosni o'ynash topshirildi.

Яндекс.Метрика