У нас есть только
оригинальные песни

Internetda “WhatsApp”ning yangi funktsiyalari tasvirlari paydo bo'ldi

calendar 25.12.2014
4011

"AndroidWorld.nl” sayti "Android” operatsion tizimi ostida ishlovchi "WhatsApp” dasturining yangi versiyasi tasvirlarini chop etdi. Bir qator tasvirlardan yangi "WhatsApp”da ovozli qo'ng'iroqlar funktsiyasi paydo bo'lishini ko'rish mumkin. 1 Ushbu tasvir mualliflarining ta'kidlashlaricha, ular bu dasturni "WhatsApp” saytidan ko'chirib olganlar va bu dastur "Google Play” dasturlar do'konida sotib olish mumkin bo'lgan "WhatsApp” dasturning eskiroq versiyasidir. Xabarlarga ko'ra, ovozli qo'ng'iroqlar funktsiyasi alohida oynaga chiqarilgan, foydalanuvchi qo'ng'iroq davomida bo'lib o'tgan suhbatni u tugagandan so'ng eshitib ko'rish imkoniga ega bo'ladi. "WhatsApp” ovozli qo'ng'iroqlar funktsiyasi paydo bo'lishi haqida kompaniyaning bosh direktori Yan Kum oktyabr oyida e'lon qilgan edi. Biroq, Kum bu funktsiya ba'zi texnik muammolar tufayli, biroz kechikib, 2015 yilning bahor oyida joriy qilinishini bildirgan.
Яндекс.Метрика