У нас есть только
оригинальные песни

Intizomiy jazo amal qilayotgan vaqtda rag'batlantirishga ruxsat beriladi

calendar 13.11.2017
998

Hozircha qonun qat`iy: intizomiy jazoning amal qilish muddati mobaynida rag'batlantirish choralari qo'llanmaydi. Boz ustiga, ish haqi, mukofot, qo'shimcha haq, ustama va mehnatga haq to'lash tizimi bilan ko'zda tutilgan boshqa to'lovlar rag'batlantirish turlariga kirmasligi ko'rsatilgan. Loyihaga ko'ra ko'rsatilgan cheklovlarni bekor qilish taklif qilinmoqda.
 
Alohida xodimlarning mehnat xususiyatlari belgilanadi

Xususan, bu:

•  kollegial ijro etuvchi organlar (boshqaruvlar) rahbarlari va a`zolari;
• davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari. Avval korrupsiya yo'nalishidagi jinoyatni sodir etgan shaxs boshqaruv xodimi lavozimini egallashi mumkin emas;
•  ishni muayyan davr (mavsum) mobaynida – 2 dan 9 oygacha bajaradigan mavsumiy xodimlar. Ularga dastlabki sinov o'rnatilmaydi;
•  ish muddati 2 oydan oshmaydigan muvaqqat ishchilar;
•  kasanachilar va masofali ish shaklida ishlaydigan xodimlar;
• jismoniy shaxs - ish beruvchi tomonidan yollanadigan xodimlar. Ular o'rtasidagi mehnat shartnomasi ish beruvchining yashash joyidagi fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarida ro'yxatdan o'tkaziladi. Sug'urta badallari va boshqa majburiy to'lovlar to'lanishi lozim. Mehnat daftarchasi yuritilmaydi, ish staji esa Pensiya jamg'armasi tomonidan davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha badallar to'lanishi to'g'risidagi ma`lumotlar bo'yicha belgilanadi;
•  professional sport sohasida faoliyatni amalga oshiradigan sportchilar va trenerlar.

Loyiha o'zgartirilishi, qo'shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Яндекс.Метрика