У нас есть только
оригинальные песни

iPhone 6s smartfoni sotuvga chiqqanidan bir oy bo'lmay, "xitoycha" nusxaga ega bo'ldi

calendar 30.10.2015
1512

Apple kompaniyasining so'nggi flagmani – iPhone 6s ommaga taqdim etilganidan bir oy o'tib, uning "xitoycha” nusxasi ham tarqab ulgurdi. Ushbu nusxani rasmiy 649 dollardan 17 barobar arzon narxda sotib olish mumkin. U haqiqiy versiyadagi ranglar – kumush, tilla va pushtirangda sotilmoqda.

Smartfon nusxasi tejamkor ko'rsatkichlarga ega. Unga Spreadtrum SC773 protsessori hamda 512 MB tezkor hamda 4 GB doimiy xotira o'rnatilgan. Smartfon ikki 3G’ni hamda ikki SIM-kartani qo'llab-quvvatlaydi.

"Xitoycha” nusxa ishlab chiqaruvchining ma'lum qilishicha, smartfon ulkan shuhratga ega bo'lmoqda.

Ma'lumot uchun, iPhone 6s smartfoni 2015 yilning 9 oktyabrida sotuvga chiqarilgan edi. 

Яндекс.Метрика