iPhone 7 taqdimotining taxminiy sanasi ma’lum qilindi

Tahlilchilar iPhone’ning eski versiyalari ilgari qaysi sanalarda taqdim etilganini mavjud mishmishlar bilan qiyosan o‘rganib chiqib, kompaniya yangi smartfon taqdimotini 7-sentabr kuni o‘tkazishini taxmin qilmoqda. Bu haqda, Bloomberg’ga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Shuningdek, gadjetlar savdosi joriy yilning 16-sentabrdan boshlanishi aytilmoqda.

iPhone 7 dan tashqari, yangilangan MacBook Pro taqdimoti kutilmoqda. Ammo, tahlilchilarning fikricha, leptop namoyishi uchun alohida sana tanlanadi.


Комментарии (0) | Добавить: 11.08.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]