У нас есть только
оригинальные песни

iPhone 7 uchun chip ishlab chiqaruvchi yagona kompaniya kuchli zilziladan jabr ko‘rdi

calendar 16.02.2016
1657

Apple tomonidan iPhone 7 smartfoni uchun A10 chiplarini yagona yetkazib beruvchi sifatida tanlangan Tayvanning TSMC kompaniyasi kuchli zilzila tufayli jiddiy zarar ko‘rdi, deya xabar bermoqda “Hi-tech.mail.ru”. Zarar ko‘lami hali aniqlanganicha yo‘q.

6-fevral kuni erta tongda yuz bergan 6,4 balli zilzila oqibatida chiplar ishlab chiqaruvchi Taiwan Semiconductor Manufacturing Company (TSMC) shunchalik jiddiy zarar ko‘rdiki, kompaniya olti kundan keyingina zarar haqidagi dastlabki hisobotini e’lon qildi. Unda mahsulotlarga ziyon yetgani, zarar esa taxmin qilinganidan ancha kattaroq ekanligi aytiladi. Dastlabki hisobotda keltirilgan ma’lumotlar tufayli kompaniya joriy chorak davomida kremniyli plastinalar ishlab chiqarish hajmini kamaytiradi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Tayvan orolida yuz bergan zilzila qurbonlari soni 115 kishiga yetdi.

Яндекс.Метрика