У нас есть только
оригинальные песни

iPhone 8'ning sotuvga chiqish sanasi ma`lum qilindi

calendar 07.09.2017
1597

Apple 15 sentabrdan, ya`ni yangi smartfon taqdimotidan uch kun o'tib yangi iPhone 8 qurilmasiga dastlabki buyurtmalarni qabul qilishni boshlaydi. Bu haqida gadjyetlarga ixtisoslashgan qator ommaviy axborot vositalari, jumladan Macerkopf ham xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Apple'ning yangi flagmani do'konlar rastlariga bir hafta keyin, 22 sentabrda chiqadi. Korporatsiyaning o'zi yangi telefon sotuvlarining boshlanish sanasini rasman e`lon qilmadi. 

Shuningdek, tasdiqlanmagan ma`lumotga ko'ra, kutilayotgan anjumanda Apple kompaniyasi iPhone 8'dan tashqari yana Apple Watch 3 va yangi avlod Apple TV'ni ham namoyish etadi. 

Яндекс.Метрика