У нас есть только
оригинальные песни

iPhone 8 tasvirlangan birinchi video “ko'pni ko'rgan” muhandislarni ham hayratlantirdi

calendar 29.12.2015
1877

                

Internetga Apple kompaniyasining yangi flagman smartfoni kontseptsiyasining ilk videosi chiqib ketdi. “Kelajak telefoni” deb atalayotgan bu smartfon sozlamalarni boshqarish uchun yon ekran bilan ta'minlanadi. Gadjet taxminlarcha 2017 yildan bozorga chiqariladi.

Apple muhandislari o'z hamkasblari, mutaxassislar va oddiy foydalanuvchilarni hayratlanishdan charchashmayapti. Bu gal Apple’da iPhone 8 uchun 5K ko'rsatish qobiliyatiga ega 5 dyuymli dipleyni nafaqat to'ldiruvchi, balki gadjet sozlamalarini boshqarish tizimining to'laqonli a'zosiga aylanuvchi noyob yon ekran o'ylab topildi.

Smartfon g'oyasi mualliflari uning ko'rsatkichlarini ham anchaga oshirishdi – smartfon 6 gigabaytli tezkor xotira va 128 gigabaytli ichki o'rnatilgan hotira bilan ta'minlanadi.

Smartfonning “miyasi” 8 yadroli, 2,5 GGts takt chastotasiga ega A10 protsessori bo'ladi, yana bitta 8 yadroli Power VR GT8600 protsessori grafika uchun javob beradi. Asosiy kameraning suratga olish qobiliyati 20 Mp, old kameraniki esa 12 MP bo'ladi. Batareya hajmi 3000 mA-soatni tashkil qiladi. Smartfon iOs 10 operatsion tizimi bilan boshqariladi.

Yaqinda internetga 2016 yilda namoyish qilinadigan iPhone 7 smartfonining birinchi videosi chiqdi. Videoga ko'ra, yangi smartfonda displey atrofidagi ramka qurilmaning butun eni bo'ylab joylashtiriladi.

Smartfonning orqa tomonida vspishka uchun teshik yo'q, displey esa tirnashlarga barqaror va mustahkam sapfir oyna bilan qoplanadi.

Яндекс.Метрика