У нас есть только
оригинальные песни

iPhone 9 besh xil rangda taqdim etilishi kutilmoqda

calendar 06.07.2018
1366

Tahlilchi Ming-Chi Kuo Apple kuzgi taqdimotida namoyish qilishi kutilayotgan iPhone smartfonlariga doir taxminlari bilan bo'lishdi. 

iPhone X smartfonlarining hozirgi avlodi kumush va kul ranglarda taklif etilgan. Tahlilchining fikricha, 2018 yilgi yangi modellar qo'shimcha rang optsiyalariga ega bo'ladi. Shunday qilib, yangilangan iPhone X va uning 6,5 dyuym OLED-displeyli "akasi" oq, qora va tilla ranglarda, 6,1 dyuym LCD-ekranli iPhone esa - besh xil variatsiyada - havorang, olovrang, kulrang, qizil va oq ranglarda chiqadi. 

Ming-Chi Kuo shuningdek 6,5-dyuymli iPhone X Plus narxining 1000 dollar atrofida bo'lishini taxmin qilmoqda. 6,1-dyuymli iPhone'ni esa 700 AQSh dollariga baholamoqda. 

Bundan oldin tarqalgan xabarlarga ko'ra, Apple 2018 yilda 5,85 va 6,45 dyuym diagonalli ikki OLED-modelni hamda  6,1-dyuymli «byudjyet» LCD-modelni namoyish etadi. Ularning bari hoshiyasiz dizayn va foydalanuvchini yuzidan taniy oluvchi Face ID funksiyasiga ega bo'ladi. Ularning taqdimoti sentabr oyida, iPhone yangi avlodiga bag'ishlangan an`anaviy matbuot anjumanida bo'lib o'tishi kutilmoqda.

Яндекс.Метрика