У нас есть только
оригинальные песни

iPhone’da tushirilgan ilk surat namoyish qilindi

calendar 02.07.2017
2112

New York Times nashrining sobiq muharriri Devid Gallaxer ilk iPhone kamerasidan olingan suratni qurilmaning oxirgi modeli yopiq taqdimotida namoyish qildi. Gallaxer bu surat qanday olingani haqida Motherboard nashriga so'zlab berdi.

Finjon va pechene bo'lagining surati 2007 yilda iPhone’ning ilk modelining OAV uchun yopiq taqdimotida suratga olingan. O'shanda bir nechta qurilma jurnalistlarga baho berishlari uchun berilgan.

Gallaxerning aytishicha, u ko'ziga tushgan birinchi narsani suratga olgan va uni pochtasida saqlab qo'ygan.

Jurnalistning ta`kidlashicha, surat Apple’ning ma`lumotlar chiqib ketishi haqidagi qoidasini buzishi sababli, u suratni Flickr’da chop etgan va surat o'sha vaqtda inqilob qilgan gadjyetga olingani haqida hech narsa demagan. Shu sababli bu foto chop etilgan kuni – 2007 yil 22 yanvardan beri e`tibordan chetda qolib kelgan. Keyinroq Gallager suratga "Mening iPhone’imdan (aslida Stivnikidan) yuborilgan" degan yozuv qo'shib qo'ygan.

Яндекс.Метрика