У нас есть только
оригинальные песни

“iPhone”ning ilk modelini chiqarilganiga 8 yil bo'ldi

calendar 10.01.2015
2703


2007 yil 9 yanvar kuni Stiv Jobs Apple kompaniyasining birinchi smartfonini taqdim etdi. Smartfon iPhone nomini oldi hamda San-Frantsiskodagi Macworld Conference & Expo ko'rgazmasida taqdim etildi. Biroq smartfon sotuvga yarim yildan so'ng – 29 iyun kuni chiqdi. Dastlab, uni AQShda sotib olish mumkin edi. Yil oxirida Germaniya, Frantsiya hamda Buyuk Britaniyada ham sotila boshladi. iPhone iPhone OS 1.0 sistemasida ishlagan hamda 3,5 dyuymli sensor ekranga ega bo'lgan. Unga 620 MGts chastotada ishlaydigan Samsung S3C6400 protsessori, 128 MB tezkor hamda 4, GB (8, 16 GBli versiyalari ham mavjud bo'lgan) doimiy xotira, Wi-Fi, Bluetooth 2.0, 2G va 1400 hajmli akkumulyator o'rnatilgan edi. iPhone ishlab chiqarish bilan Foxconn kompaniyasi shug'ullangan. 2010 yilning iyun oyida iPhone ishlab chiqarilishdan to'xtatilgan. Undan so'ng Apple kompaniyasi 9ta smartfon taqdim etdi.
Яндекс.Метрика