У нас есть только
оригинальные песни

iPhone X smartfoni Android’da ishlovchi barcha telefonlardan uch marta ko'proq daromad keltirdi

calendar 18.04.2018
1483

2017 yil oxirgi choragida iPhone X smartfonlarini sotishdan olingan daromad smartfonlar bozoridagi umumiy daromadning 35 foizini tashkil etgan. Apple smartfonlarining sotilishidan olingan daromad esa Android’da ishlovchi smartfonlar ishlab chiqaruvchi 600 dan ko'proq kompaniyaning daromadlaridan 5 marta ko'proq bo'lgan. Bunday ma`lumotlar Counterpoint Research kompaniyasi tadqiqotida keltirilgan.    

Apple flagman smartfoni Android’da ishlovchi qurilmalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar olgan daromaddan 3 marta ko'proq daromad keltirgan. Eng serdaromad 10 ta smartfondan 8 tasi ayfon bo'lgan: iPhone X’dan keyin 2-o'rinni  iPhone 8, 3-o'rinni iPhone 8 Plus egallagan. Shuningdek, yetakchi beshtalikka  iPhone 7 va 7 Plus, o'ntalikka iPhone 6, 6S va SE kirgan.

Tadqiqotga ko'ra, 2017 yil oxirida smartfonlar bozoridagi 86 foiz daromad Apple’ga tegishli. 

Apple’ning hisobotiga ko'ra, kompaniya 2017 yil 4-choragida 52,6 mlrd dollar tushum  olgan (ulardan 10,7 mlrd dollari daromad) va 46,7 mln dona ayfon sotgan.

Яндекс.Метрика