У нас есть только
оригинальные песни

Iqlimshunoslar: insoniyat halokatli darajadagi issiq ob-havo bilan to'qnashadi

calendar 20.06.2017
2856

Amerika va britaniyalik olimlarning ko'rsatishicha, XXI asr oxirida Yer sayyorasi aholsining to'rtdan uch qismi halokatli darajadagi issiq ob-havoga duch keladi. Bu boradagi tadqiqot Nature Climate Change jurnalida e`lon qilindi, deb xabar bermoqda The Independent.

Olimlarning bunday taxminlari, atmosferaga chiqariluvchi issiq gazlar hajmi qisqarmasa haqiqatdan ro'y beradi. Aks holda esa halokatli jazirama ob-havoga sayyora aholisining taxminan yarmi duch keladi. Eng murakkab ob-havo sayyoraning tropik tumanlarida kuzatiladi.

Olimlarning fikricha, iqlim shu darajada tez o'zgarib bormoqdaki, kishilar yangi sharoitlarga moslashishga ulgurmayapti. Ayni damda, mualliflar taxminiga ko'ra, jazirama ob-havodan sayyora aholisining uchdan bir qismi aziyat chekmoqda.

Mutaxassislar bunday xulosalarga kishilarning jazirama ob-havo tufayli o'lim topishi statistikasiga bag'ishlangan 1,9 mingdan ortiq tadqiqotni tahlil qilib kelishdi. Ma`lumotlarga ko'ra, 2010 yilda Moskvada issiq havo sabab 10,8 mingdan ortiq kishi halok bo'lgan, 2003 yilda Parijda – 4,9 ming, 1995 yilda Chikagoda – 740 kishi.

Яндекс.Метрика