У нас есть только
оригинальные песни

Iqtidorli aktrisa Yulduz Rajabova Kumush rolini ijro etmoqda

calendar 04.08.2015
3734

Yosh bo'lishiga qaramay, o'ziga topshirilgan rollarni maromiga etkazib ijro qiladigan va o'z iqtidori bilan nafaqat muxlislar, balki rejissyorlarning e'tiboriga tushgan Yulduz Rajabova ayni damda Ayub Shahobiddinov rejissyorligida suratga olinayotgan "Artist” nomli yangi sitkom (voqeali komediya) serialida navbatdagi obrazini yaratmoqda. "Bu yangi ijodiy mahsulot bizda birinchi marta suratga olinmoqda. Shuning uchun bu kartinada ishlash shaxsan men uchun juda qiziq kechmoqda. Unda bosh qahramaon Kumush obrazini yaratyapman” – deb ma'lumot bermoqda aktrisa Yulduz Rajabova.

Bu hali hammasi emas. Avgust oyinin ikkinchi yarmida Akbar Bekturdiev rejissyorligida tasvirga olinishi rejalashtirilgan "Oyqiz ertagi ” nomli filmda bosh qahramon ya'ni Oyqiz rolini ijro etadi. Hozirda mazkur kartina ustida qizg'in tayyorgarlik ketmoqda. Aytib o'tishimiz mumkin bu ertak filmda jangovor sahnalar juda ko'p va tez kunda Yulduz Rajabovaning mahoratiga yana bir bor baho berish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Bizdan yiroqlashmang!


Яндекс.Метрика