У нас есть только
оригинальные песни

Iroq bosh vaziri IShID nimaning evaziga mag'lub etilganini aytdi

calendar 09.12.2017
1169

Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi urush yakuniga yetgani haqida ma`lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

«Bizning qurolli kuchlar Iroq-Suriya chegarasi ustidan to'liq nazoratni o'rnatishdi hamda shu bilan biz IShIDga qarshi urush yakuniga yetgani haqida ma`lum qilamiz», - deya aytib o'tdi u.

Uning so'zlariga ko'ra, Iroq «birdamlik va qat`iylik» evaziga g'alaba qozonishning va sivilizatsiyani yo'q qilib yuborish maqsadida kelgan dushmanni mag'lubiyatga uchratishning uddasidan chiqqan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Afg'onistonning Turkmaniston bilan chegarada joylashgan Juzjon shimoliy viloyatida IShID terrorchilik guruhi jangarilarini o'qitishning yashirin markazlari faoliyat ko'rsatayotgani, ularda taxminan 300 nafar yoshlar tayyorgarlikdan o'tayotgani xabar berilgandi.

Яндекс.Метрика