У нас есть только
оригинальные песни

Iroqda IShID jangarilari turmush tarzi qoidalari yozilgan materiallar topildi

calendar 06.11.2016
2240


Iroqning IShID terrorchilik guruhidan ozod qilingan hududlarida harbiylar jangarilar turmush tarzi qoidalari yozilgan bosma materiallarni aniqlashdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 
Bosma materiallar savol va javob ko'rinishidagi qoidalar tarzida taqdim qilingan. Jumladan, materiallarda terrorchilik guruhi a`zosi qanday to'g'ri ibodat qilishi, tashqi ko'rinishning qanday talablariga amal qilishi haqida gapirilgan. Qoidalarda IShID jangarilariga kalta shimlar kiyishga ruxsat berilgan. Shuningdek, qirib tashlanishi ruxsat berilmaydigan soqollar "durust uzunlikda" bo'lishi ta`kidlangan.

Яндекс.Метрика