У нас есть только
оригинальные песни

Ish beruvchi bola parvarishi uchun beriladigan nafaqani rad etishi mumkinmi?

calendar 05.01.2018
951

«Sakkiz yildan buyon sharbat ishlab chiqarish korxonasida ishlayman. Farzand kutyapman. Aytishlaricha, bola tug‘ilgach, korxonamizda bola parvarishi uchun nafaqa berilmas ekan. Shu korxonadan bolam ikki yoshga to‘lguncha uning parvarishi uchun nafaqa olishga haqlimanmi? Korxonamiz rahbari uni to‘lashni rad etishi mumkinmi?»

Ish beruvchi bola 2 yoshga to‘lgunga qadar uni parvarishlash uchun nafaqa to‘lashni rad etishi mumkin emas. Sababi Mehnat kodeksiga ko‘ra homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi ikki yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ta’til berilib, bu davrda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nafaqa to‘lanadi.

Ayolga, uning xohishiga ko‘ra, bolasi uch yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ish haqi saqlanmaydigan qo‘shimcha ta’til ham beriladi.

Bolani parvarishlash uchun beriladigan ta’tillardan bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani amalda parvarishlayotgan boshqa qarindoshlari ham to‘liq yoki uni qismlarga bo‘lib foydalanishlari mumkin.

Ayol yoki ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar o‘z xohishlariga ko‘ra, bolani parvarishlash ta’tili davrida to‘liq bo‘lmagan ish vaqti rejimida yoki ish beruvchi bilan kelishib, uyda ishlashlari mumkin. Bunda ularning nafaqa olish huquqlari saqlanib qoladi.

Bolani parvarishlash ta’tillari davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu ta’tillar mehnat stajiga, lekin hammasini jamlaganda ko‘pi bilan uch yil, shu jumladan, mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga ham qo‘shiladi.

Яндекс.Метрика