У нас есть только
оригинальные песни

Ish beruvchilar ish berganlik uchun rag'batlantiriladi

calendar 07.11.2017
1284

QXTBT portalida Vazirlar Mahkamasining «Yangi ish o'rinlarini yaratish va aholini ish bilan ta`minlashda faol ishtirok etayotgan ish beruvchilarni ijtimoiy rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori loyihasi e`lon qilindi.
 
Norma.uz’ning yozishicha, hujjat bilan 2018 yildan boshlab «Ijtimoiy javobgarlik va samaradorlik» mavzusida ish beruvchilar reyting tizimini joriy etish ko'zda tutilgan bo'lib, unda yangi ish joylarini yaratish va ijtimoiy himoyalanmagan aholi qatlamlarini ish bilan ta`minlash uchun rag'batlantirish chora-tadbirlari qo'llaniladi, eng avvalo:

•  kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari,
•  imkoniyati cheklangan shaxslar,
•  sobiq harbiy xizmatchilar.
 
Chora-tadbirlarni moliyalashtirish reyting tizimi bo'yicha quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:

•  byudjyetdan tashqari Bandlik jamg'armasi – 30 mln so'm;
•  O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyalari – 50 mln so'm;
•  Savdo-sanoat palatasi – 50 mln so'm.
 
Ish beruvchilarga nisbatan ijtimoiy rag'batlantirish choralarini qo'llash tartibini loyihaga ilova qilingan Nizom belgilaydi.
 
Kelasi yilning boshidan boshlab «Ijtimoiy javobgarlik va samaradorlik» deb nomlangan yangi milliy va hududiy tanlovlar tasdiqlanishi kutilmoqda, u 5 nominatsiyadan iborat bo'ladi:

•  «Ish joylarini yaratish va rivojlantirganlik uchun»;
•  «Mehnat bozorida ijtimoiy himoyaning alohida choralariga ehtiyojmand bo'lgan shaxslarni ish bilan ta`minlaganlik uchun»;
•  «Ishlab chiqarishda mehnatni samarali muhofazalash va xavfsiz ish sharoitlarini yaratganlik uchun»;
•  «Ijtimoiy sheriklikni rivojlantirganlik uchun»;
•  «Korxonada faol yoshlar siyosatini olib borganlik uchun».
 
Hududiy tanlovlar nominatsiyalarini Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari aniqlaydi. G'oliblar har yili yil yakunlari bo'yicha tantanali tarzda taqdirlanadi. Har yili 15 dekabrgacha eng yaxshi «TOP-100» ta korxona OAVda e`lon qilinadi.
 
Tanlovni o'tkazish, g'oliblarni taqdirlash tartibi, g'oliblarni saralash mezonlari har yili 1 martgacha tasdiqlanadigan Tanlovni o'tkazish bo'yicha tadbirlar dasturida belgilanadi.
 
Loyiha o'zgartirilishi, qo'shimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Яндекс.Метрика