У нас есть только
оригинальные песни

Ish idorasida hodim o'zini qayday tutishi lozim?

calendar 28.07.2016
1197

Agar siz jonajon ish idorangizda haftasiga 40 soatdan o'tirsangiz, o'zingizni huddi uyda o'tirgandek his eta boshlaysiz. Ehtiyot bo'ling: bu qopqon! Idorada o'zingizni qanday tutishingiz haqida maslahat beruvchi qoidalar bilan tanishing.

Bu maslahatlar rahbar va hamkasblar ko'nglini qoldirmasligingizga yordam beradi.


Oyoq kiyimingizni Yechmang. Oyoq kiyim almashtirish lozim bo'lsa, boshqalardan uzoqroqda amalga oshiring. Tushlikdan so'ng idishlaringizni yuvishni unutmang. Darhol yuving. Yahshisi lanchboksni kir holida rakovinada qoldirgandan ko'ra tashlab yuboring.

Boshqalarning Yeguliklarig teginmang. Shirinliklardan ta`tib ko'rish uchun albatta, ruhsat so'rash lozim.


Agarda o'quv qurollari qutisida bor-yo'g'i 3 o'ram stiker qolgan bo'lsa, o'larning barini o'zingiz bilan olib ketmang. Ikkitasini hamkasblar stoliga tashlab qo'ying.IT-bo'limga chopishdan avval, komp'yuterni qayta ishga tushiring.Tongda rahbarlar bilan «Salom, oshna!» deyishni o'rniga «Assalomu aleykum» deb salomlashing.

Ish stoli  o'tib bo'lmas chakalakzordek emas, balki ozoda qilib o'rib qo'yilgan maysadek turishi kerak. 

Suv idish yaqiniga kelganingizda, hamkasbingiz yoniga kelib olishingiz shart emas. Ular bilan uzoqroqda turib suhbatlashsa ham bo'ladi. Hech bo'lmaganda, bir necha qadam tashlab, bir-biringiz uchun joy bo'shating. 


Lavozimi qanday bo'lishidan qat`i nazar, barcha ishchilar bilan salomlashing. Hattoki, ularning ismini eslay olmasangiz ham. Agarda barcha hamkasblar quloqchin taqib olgan bo'lmasa, baqirib gapirish shart emas.

Yig'ilish va majlislarda savollar uchun mahsus vaqt ajratiladi. Ana shundagina savollar berishingiz mumkin. Ma`ruzachilar so'zini bo'lib, gapirish yahshi odat emas. 

 

Яндекс.Метрика